Pulning asosiy fazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin :narx xajmini belgilash , jamlash va , muomila vositasi, to’lov vosita , omonat vositasi , dunyo pullari. PUL –bu shunday tovarki, u boshqa hamma tovarlar uchun ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma tovarlar singari pul ham , qiymatga va iste’mol qiymatiga ega Shu ma’noda u boshqa oddiy tovarlardan farq qiladi. Vaqt o‘tishi bilan deyarli barcha davlatlarda universal pul vositasi hisoblangan –oltin qo‘llanila boshlandi. Oltin ko‘pgina o‘ziga xos xususiyatlarga ega:birinchidan jismoniy xususiyatlarining o‘zgarmasligi; ikkinchidan,qat’iyligi; uchinchidan, unga ketadigan mablag‘ va mehnat hajmining yuqoriligi va boshq. Lekin oltinning pul sifatidagi muomilasi bir qanchaqiyinchiliklarni ham tug‘diradi. Shu sababli, XVII–XIX asrlarda deyarlibarcha mamlakatlar ma’lum bir oltin massasiga ifodalangan qog‘ozko‘rinishidagi pullarga o‘tishdi. Uzoq vaqt davomida bu qog‘oz pullari egalari ularni teng hajmdagi oltinga almashtirish huquqiga ega edilar.Hozirgi vaqtda ko‘pgina davlatlar va banklar qog‘oz ko‘rinishidagipullarni oltinga almashtirish bo‘yicha huquq va majburiyatlardan vozkechgan. Bundan tashqari, pul vazifasini oltindan tashqari, boshqa qimmatbaxo metallar – kumush, platina ham bajargan. Hozirgi vaqtda kumushdantangalar yasovchi davlatlar soni juda ozdir. O‘zbekiston Respublikasidaoltin, kumush va platinadan tangalar faqatgina maxsus tayyorlangan vaqadoqlangan sovg‘alar (suvenir) sifatida chiqarilishi mumkin. Pullar muomilaga davlat tomonidan, aniqrog‘i u vakolat berganbanklar tomonidan chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasida pul birliklarinichiqarish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasigayuklatilgan. Pul birliklari gerb, bayroq singari davlat ramzi bo‘lib hisoblanadi. Rasmiy pul birliklari davlat qonunchilik aktlarida nazarda tutilgandir.Ba’zi hollarda davlat hududida uning ruxsati bilan yoki ruxsatisiz boshqapul birliklari ham muomilada bo‘lishi mumkin. Bunday pul birliklarirasmiy pul birliklarining yetishmovchiligidan kelib chiqishi mumkin 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy jihatdan mustaqillikka erishdi. Endigi vazifa – iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash va bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat kurish bilan bog‘liq qator muammolarni hal qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |