О‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi о‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘zbekiston respublikasi transport vazirligi
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
003 В ва С тоифага тайёрлаш лотин
2-mavzu. Avtotransport
vositasini xavfsiz boshqarishda psixik jarayonlarning о‘rni. Avtotransport vositasini xavfsiz boshqarishga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillar. Avtotransport vositasini xavfsiz boshqarishda psixik jarayonlarning о‘rni. Shaxsning psixik bilish jarayonlari haqida tushuncha (sezgi, idrok, diqqat, xotira, xayol, tafakkur) va ularning avtotransport vositasini boshqaruviga ta’siri. Sezgi va idrok avtotransport vositasini xavfsiz boshqarish omili sifatida. Diqqat va uning xususiyatlari (barqarorlik (konsentratsiya), diqqatni kо‘chirish, hajm va h.k.). Diqqat chalg‘ishining asosiy alomatlari va uni yuzaga kelish sabablari. Avtotransport vositasini xavfsiz boshqarishda xotira, xayol va tafakkur jarayonlarining tutgan о‘rni. Haydovchining ishonchliligini tashkil etuvchi kasbiy mahorati, ma’naviy sifatlari, jismoniy holati. Mahoratni aniqlash. Haydovchining mahoratiga uning malakasi, haydovchilik staji va yoshining ta’siri. Ma’naviy sifatlari: intizomi, boshqa ishtirokchilarni hurmat qilishi, odob-ahloqi, о‘zini tuta bilishi va oldindan kо‘ra bilishi. 3-mavzu. Hissiy-irodaviy jarayonlar avtotransport vositasini xavfsiz boshqarishning omili sifatida. Shaxsning hissiy-irodaviy jarayonlari haqida tushuncha (kayfiyat, stress, affekt, frustratsiya, irodaviy sifatlar) va ularning avtotransport vositasini boshqaruviga ta’siri. Shaxsning hissiy holati (ta’sirchanlik, tavakkalchilikka moyillik, tajovuzkorlik va h.k.) va ularning avtotransport vositasini boshqarish jarayonida vujudga keladigan xavfli vaziyatlarga ta’siri. Xavfni va tezlikni his qilish. Avtotransport vositasini boshqarish jarayonida yagona va aniq qaror qabul qilish kо‘nikmasi. Avtotransport vositasini boshqarishga ta’sir etuvchi psixik holatlar: charchoq, bir xillik, emotsional bosim va ishchanlik. Haydovchining faoliyatidagi stress va uning paydo bо‘lishiga olib keladigan murakkab vaziyatlar. Stress vaqtida psixik holatni meyorlashtirish. Emotsional holatni jilovlashning usullari. О‘z-о‘zini anglash orqali emotsional holatni nazorat qilish. Charchoqning oldini olish. Avtotransport vositasini boshqarishda barqaror jismoniy holatni saqlab qolish usullari. Betoblik holatining, iste’mol qilingan alkogol va giyohvand moddalarning harakat xavfsizligiga ta’siri. Ishchanlik holatini tiklash usullari. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling