2-mavzu. Haydovchining madaniyati – yо‘l harakati xavfsizligini
ta’minlashning ahloqiy asosi.
Haydovchi odob-axloqi tushunchasi. Uning asosiy talablari
: xizmat vazifasiga
vijdonan yondashish, yо‘l harakati qatnashchilariga samimiy munosabati, intizomga
rioya qilish, kattalarni, ayollarni hurmatlash va boshqalar. Haydovchilarning
umuminsoniy axloq prinsiplari:
insonparvarlik, jamoatchilik, adolat qonuniylik
tamoyillariga qat’iy rioya qilishi. Haydovchilarning
axloqiy madaniyatida milliy
axloqiy qadriyatlarning namoyon bо‘lishi. Haydovchilarlarning etiketi: rostgо‘ylik,
fidoiylik, hushyorlik, yordamga tayyor turishi, boshqa
haydovchilarga hurmat bilan
munosabatda bо‘lishi. Haydovchilarlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar
xodimlari bilan munosabatlarda xushfe’llik, qonuniy talablarga itoat.
3-mavzu. Yо‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda haydovchining huquqiy
madaniyati.
Huquqiy madaniyat tushunchasi. Haydovchilarlarning Konstitusiya va qonunlarni
bilishi, yangi qonunlardan xabardorligi. Haydovchilarlarning huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirishda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish tizimini
tubdan takomillashtirish tо‘g‘risida”gi 5618-son farmonining ahamiyati. Yо‘l harakati
xavfsizligini
ta’minlashda
haydovchining
huquqiy
madaniyati.
Huquqiy
madaniyat – huquq va uni amalga oshirish, davlat organlari va mansabdor shaxslarning
jamiyat manfaatlari va hoxish-irodalariga mos faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: