Ta’lim jarayonini tashkil etishga bо‘lgan talablar:
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni о‘tkazish bо‘yicha bir о‘quv soatining
davomiyligi – 40 daqiqa. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa
davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
Avtotransport vositalarini boshqarishni о‘rgatish bо‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni
о‘tkazishda bir о‘quv soatining davomiyligi – 60 daqiqa (bu vaqtga yakuniy xulosa
chiqarish va hujjatlarni rasmiylashtirish vaqti kiradi).
Nazariy mashg‘ulotlar jihozlangan о‘quv xonalarida, kо‘rgazmali о‘quv
qо‘llanmalari va texnik vositalardan foydalanib, ta’limning innovatsiya
texnologiyalariga asoslangan holda olib boriladi.
“Yо‘l transport hodisasida birinchi yordam” о‘quv fanidan amaliy
mashg‘ulotlarni о‘tkazish jarayonida ta’lim oluvchilar yо‘l transport hodisasida
jabrlanuvchilarga yordam (о‘z-о‘ziga yordam) kо‘rsatish bо‘yicha amaliy
kо‘nikmalarga ega bо‘lishlari kerak.
Avtotransport vositalarini boshqarishni о‘rgatish, boshqarishni o‘rgatish uchun
mo‘ljallangan mexanik transport vositalarida о‘quv vaqtidan tashqari, о‘rgatish
jadvaliga asosan har bir ta’lim oluvchi bilan yakka tartibda haydovchi-yо‘riqchi
tomonidan о‘tkaziladi.
Avtotransport vositalarini boshqarishni о‘rgatish avtotrenajerda yoki о‘quv
avtomobilida, avtodromda hamda haqiqiy yо‘l sharoitlaridan kelib chiqib, ta’lim
tashkiloti tomonidan tasdiqlangan va О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Jamoat xavfsizligi departamenti Yо‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi
о‘rinlarda YHXX) hududiy bо‘linmalari bilan kelishilgan о‘quv yо‘nalishlarida
о‘tkaziladi.
Hisob-kitoblar uchun har bir ta’lim oluvchi avtotransport vositalarini
boshqarishni о‘rganish bо‘yicha 1 soatli mashg‘ulot davomida о‘rtacha 15 kilometr
masofani bosib о‘tishi inobatga olinadi.
Avtotransport vositalarini boshqarish bо‘yicha ta’lim oluvchining egallagan
kо‘nikmalarini aniqlash maqsadida nazorat tekshiruvlarini о‘tkazish kо‘zda tutilgan.
Nazorat tekshiruvlari avtodromda о‘tkaziladi. Nazorat tekshiruvlari jarayonida ma’lum
mashqlarni bajarishi orqali ta’lim oluvchi egallagan kо‘nikmalarining sifati
baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |