Tartibga soluvchining ishora va kо‘rsatmalari. Tramvay, piyoda va relssiz
transport vositalari uchun tartibga soluvchi ishoralarining ahamiyati. Svetofor yoki
tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralarida tо‘xtash tartibi.
Svetoforning ishorasi, yо‘l belgilari va chiziqlariga zid kelgan holatlarda
haydovchi va piyodalarning harakati.
6-mavzu.
Ogohlantiruvchi
va
avariya
(xavf-xatar)
ishoralari.
Harakatlanishni boshlash, manyovr qilish.
Ogohlantiruvchi ishoralarning turlari va ularni qo‘llash holatlari. Yorug‘lik
ishorasi va qо‘l bilan beriladigan ogohlantiruvchi ishoralarni berish qoidalari. Quvib
о‘tishda beriladigan ogohlantiruvchi ishoralar. Tovush ishoralaridan foydalanish
ruxsat etilgan holatlar. Ogohlantiruvchi ishoralarni berish qoidalariga rioya
etmaslikning xavfli oqibatlari.
Harakatni boshlash, yо‘nalishni о‘zgartirish va manyovr qilishdan oldin
haydovchining vazifalari. Chorrahada burilishni amalga oshirishning talablari.
Chorrahadan tashqarida chapga burilish va qayrilib olish. Tezlashish va sekinlashish
tasmalaridan foydalanish. Qayrilib olish va orqaga harakatlanish taqiqlangan joylar.
Orqaga harakatlanishning qoidalari.
Manyovrni bajarish qoidalari buzilishining xavfli oqibatlari.
7-mavzu. Yо‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi
Avtomobil yo‘llarida qatnov qismining harakatlanish tasmalar sonini aniqlash
usullari. Tasmalar sonini, transport vositalarining turini va ularning tezligini hisobga
olib, transport vositalarining qatnov qismida joylashishi.
Tramvay izlaridan harakatlanishning ruxsat etilgan holatlari. Reversiv
harakatlanish tashkil etilgan yо‘llarga burilish.
Oraliq masofa va yon oraliq masofani tanlash.
Transport vositalarning qarama-qarshi holatda harakatlanish tartibi.
Qatnov qismida transport vositalarining joylashish qoidalariga amal
etmaslikning xavfli oqibatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |