8-mavzu. Harakatlanish tezligi. Quvib о‘tish. Harakatlanish tezligini
tanlashga ta’sir etuvchi omillar. Aholi punktlarida transport vositalarining
harakatlanishiga o‘rnatilgan tezlik cheklovi. Turli toifadagi transport vositalari uchun
aholi punktlaridan tashqarida harakatlanishga o‘rnatilgan tezlik cheklovilari. Barcha
yо‘llarda, turli vaziyatlar uchun harakatlanish tezligining cheklovi. Harakatlanish
tezligini tanlashdagi taqiqlar. Harakatlanishning xavfsiz tezligiga amal qilmaslikning
og‘ir oqibatlari.
Quvib о‘tishni boshlashdan oldin va quvib о‘tishda haydovchining vazifalari.
Quvib о‘tish taqiqlangan joylar. Sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport
vositalari haydovchilari uchun alohida talablar.
9-mavzu. Tо‘xtash va tо‘xtab turish. Tо‘xtash va tо‘xtab turish qoidalari.
Transport vositalarini tо‘xtab turish joylariga qо‘yish usullari. Aholi punktlaridan
tashqarida uzoq muddatga tо‘xtab turish. Tо‘xtash va tо‘xtab turish taqiqlangan joylar.
Tо‘xtash va tо‘xtab turish qoidalariga amal etmaslikning xavfli oqibatlari.
5-9 mavzular bо‘yicha amaliy mashg‘ulotlar.
О‘quv-metodik qо‘llanmalardan foydalanib, 5-9 mavzular bо‘yicha
masalalar ishlash.
10-mavzu. Chorrahalarda harakatlanish.
Chorrahalarda harakatlanish tartib, qoidalari. Tramvay haydovchilarining
imtiyozlari.
Tartibga solingan chorrahalar. Tartibga solingan chorrahalarda svetofor
talablari asosida harakatlanish tartibi. Tartibga solingan chorrahalarda relsli transport
vositalarining imtiyozlari.
Tartibga solinmagan chorrahalar. Teng ahamiyatga ega bо‘lmagan yо‘llar
kesishgan chorrahalarda harakatlanish tartibi.
Asosiy yо‘l yо‘nalishini о‘zgartirgan chorrahalardan о‘tish ketma-ketligi.
Relsli transport vositasining tartibga solinmagan teng ahamiyatli bо‘lgan va teng
ahamiyatli bо‘lmagan chorrahalarda harakatlanish tartibi.
Chorraha turini aniqlashning ilojisi bo‘lmagan hollarda (sutkaning qorong‘i
vaqti, yomg‘ir, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari bо‘lmaganda haydovchining
harakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |