O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta’sirini tubdan kuchaytirish, zarurligini ko‘rsatdi


Download 431.45 Kb.
bet102/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Ikkinchidan siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta’sirini tubdan kuchaytirish, zarurligini ko‘rsatdi.

Ushbu vazifalarni hal etishda 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan

«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Qonun aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini kuchaytirishda, chinakam ko‘p partiyaviylikni rivojlantirishda, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda g‘oyat muhim rol o‘ynadi. U parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi.

Davlatimiz rahbari 2010-yil 12-noyabrda parlament palatalari qo‘shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsep- siyasi»da fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasiga ana bir karra urg‘u berdi. Ushbu hujjatda davlatimiz Konstitutsiyasida partiyalar partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari,






1 Papumob H.A. bms tahuafah uyu Дemokpatmk tapayymët ba maapmØmu Дy 6muah zamkopumk uyum. T.11. T., 2003. b.31.

2 Papumob H.A. Ys6ek xauym zeu yauoh, zeu kmmfa yapam 6yumauДm. T.13.

– T., 2005. – b.177

nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritishiga doir muhim prinsiplar mustahkamlanganligi va fuqarolik jamiyati barcha institutlarining jadal rivojlanishi tegishli tegishli huquqiy va tashkiliy shart–sharoitlar yartilganligi alohida ta’kidlandi.

Fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat ishlarini boshqarish borsidagi davlat faoliyatini to‘ldiradi, chunki ular o‘z ko‘lami, ommaviyligi va moslashuvchanligi tufayli ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan muammo- larni aniqlashi hamda davlat idoralrining imkoniyatlri cheklangan o‘rinlarda, ayniqsa mahalliy darajalarda keng harakat qilishi mumkin. Bu tashkilotlar, institutlar va guruhlar alohida shaxsga uning hokimiyat manbai ekanligini, uning layoqati va harakati, obro‘si yuksak qadriyat ekanligini anglashga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilot va birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarini ruyobga chiqaradilar.

Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfatlarni qanoatlntirish, ruyobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institular shakllanadi, zurur mexanizmlar vujudga keltiriladi.

Hozirgi kunda, – deb ta’kidlaydi davlatimiz rahbari IAA. Karimov, – yurtimizda aholi keng qatlamlari tomonidan faoliyat qo‘llab-quvvatla- nayotgan 5100 dan ziyod jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqdir1. Hozirgi kunda O‘zbekistonda siyosiy partiyalar – 4 ta, Milliy madaniy markazlar



  • 40 dan ziyod, Jamg‘arma va xayriya tashkilotlari – 69 ta, Jamiyatlar – 77 ta, Uyushmalar – 22 ta, Assotsiatsiyalar –57 ta, Federatsiyalar – 53 ta, Tarmoq kasaba uyushmalari – 14 ta, Ijtimoiy harakatlar – 2 ta, Milliy qo‘mitalar – 5 ta, Ayollar va bolalar tashkiloti – 48 ta, Xalqaro jamoat tashkilotlar – 62 ta, Vakolatxonalar va ularning filiallari – 70 ta, Diniy tashkilotlar – 2000 dan ziyod bo‘lib, ularning barchasi jamoat va nodavlat tashkilotlari, ya’ni fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda baynalmilal milliy madaniy markazlarning tashkil topib, ko‘payib borayotganligi ham fuqarolik jamiyati shakllanishining namoyon bo‘lishidir. 1992-yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasi qarori




1 Qarang: Papumob H.A. MamuakatmmmsДa Дemokpatmk mcuozotuaphm rhaДa uyyypuamtmpmm ba Øyyapoumk wammrtmhm pmbowuahtmpmm kohyemymrcm: Ys6ekmctoh Pecmy6umkacm Oumu Mawumcm {ohyhumumk mauatacm ba Cehatm- hmhf yymma mawumcmДafm maapysa. T., 2010. b.42.

bilan O‘zbekiston Baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi. Unga milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yukla- tildi. Milliy markazlar har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm rusumlarini tiklash, tarixiy Vatan bilan aloqa va munosabatlarni jonlantirish, milliy ehtiyojlarni qondirishga keng yo‘l ochilmoqda.



Milliy madaniy markazlar – 1989-yilda – 12 ta, 1997-yilda – 90 ta, 2006-yilda – 130 tadan ortiq. Hozirgi kunda 140 dan ziyod milliy- madaniy markazlar respublika jamoat tashkilotlari qatorida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalarining 2010-yil noyabrdagi noyabrdagi qo‘shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da fuqarolik jamiyatiga erishish manfaatlari- dan kelib chiqib, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida demokratik o‘zgarishlarni qator muhim yo‘nalishlarda yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari belgilandi. Avvalo, davlat fuqarolik jamiyati prinsiplariga mos tarzda tashkillashtirilishi, hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish, aniqrog‘i, davlat idoralarining vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish nazarda tutilmoqda2.


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling