O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet103/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlashtirish islohotlar keyingi bosqichining muhim yo‘nalishi sifatida e’tirof etildi. Jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlarning obro‘si oshib, mustahkamlanib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli jamiyatimizda tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamla- katda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda3. Fuqarolik institutlarining yanada rivojlanishiga erishish va ularning nufuzini kuchaytirish maqsadida Prezident tomonidan jamiyat miqyosida davlat va nodavlat jamoat





1 Qarang: Xauy cysm. – 2012. – 21 rhb.

2 Papumob H.A. MamuakatmmmsДa Дemokpatmk mcuozotuaphm rhaДa uyyyp- uamtmpmm ba Øyyapoumk wammrtmhm pmbowuahtmpmm kohyemymrcm: Ys6ekmc- toh Pecmy6umkacm Oumu Mawumcm {ohyhumumk mauatacm ba Cehatmhmhf yymma mawumcmДafm maapysa. T., 2010. b. 8.

3 O‘sha manba. – b. 42–43.

tashkilotlarining ijtimoiy sherikligini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilganligi ayni muddao bo‘ldi. Shuningdek, davlatimiz rahbari fuqarolik jamiyatining muhim ko‘rsatkichi inson huquqlarini kafolatli ta’minlanishi ekanligiga e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidladi: «Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur, eng avvalo, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo‘yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora- tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak»1.



Shunday qilib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish xalqimiz tarixiy milliy qadriyatlari bilan jahon halqlari umuminsoniy tamoyillari hamda tajribasini inobatga olish asosida ishlab chiqilgan nazariy dasturulamalga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Mamla- katimizda adolatli va demokratik fuqarolik jamiyatiga xos yangi ijtimoiy munosabatlar hamda ularni ifodalovchi ijtimoiy institutlarni – jamoat va nodavlat tashkilotlarning keng tarmoqli tizimi vujudga keltirildi. Ular jamiyatimizning nurli istiqbol sari qat’iyat bilan ilgarilab borishiga, jamiyat va inson manfaatlarini to‘la-to‘kis ifodalashga xizmat qilmoqda.





1 O‘sha manba. – b.46.



Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling