O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


BOB. SHAYBONIYLAR DAVLATI VA HUQUQI. O‘ZBEK XONLIKLARINING DAVLAT TUZUMI VA HUQUQI


Download 431.45 Kb.
bet50/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

BOB. SHAYBONIYLAR DAVLATI VA HUQUQI. O‘ZBEK XONLIKLARINING DAVLAT TUZUMI VA HUQUQI




1-§. Shayboniylar davlati tuzumi

Temuriylar va Oltin O‘rda davlatida feodal tarqoqlik, o‘zaro nizo va janglar oqibatida XV asrning 20-yillarida Dashti Qipchoqning sharqiy hududlarida, ya’ni Oltin O‘rdaning Oq O‘rda qismida Volga bo‘ylaridan to Sirdaryo shimoligacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati tashkil topadi.

XV asr o‘rtalariga kelib o‘zbeklar davlati hozirgi Qozog‘iston va janubiy-g‘arbiy Sibirning juda katta hududlarini o‘z ichiga olgan. Xususan, ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatining chegaralari shimoldan Turkiyagacha, janubdan Xorazmning g‘arbiy qismi bilan Orol dengizi va Sirdaryoning quyi oqimigacha yetib borgan. Sharqiy chegara esa Sabron (Savron)dan o‘tgan. G‘arbdan Topol va Yoyiq (Urol) daryolari chegara bo‘lgan. Bu davlat Qozog‘iston, G‘arbiy Sibirning ko‘p qismi va Xorazmning janubiy-g‘arbiy hududlarini o‘z ichiga olgan. Unga Volga daryosining o‘ng qirg‘og‘idan (Buyuk Bulg‘ordan) to Darbandgacha bo‘lgan yerlar ham bo‘ysungan.

Ushbu davlatning asoschisi temuriylar saltanatiga barham bergan Muhammad Shayboniyxonning (1450–1510-y.) bobosi Abulxayrxon (1428/29–1468/69-y.) hisoblanadi. Mazkur davlat 40 yildan ziyodroq vaqt hukm surgan. Temuriy shahzodalarning o‘zaro taxt talashishi davrida Abulxayrxon tez orada Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy hayotida hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Chunonchi, Shayboniylar sulolasi vakillari Oltin O‘rda namoyandalari sifatida Movarounnahrni sobiq Chig‘atoy ulusining tarkibi deya, unga o‘z da’volarini haqli hisoblaydilar. Abulxayrxonning nevarasi Muhammad Shayboniyxon tomonidan 1499–1510-yillar oralig‘ida Temuriylar mulki to‘la egallanadi.

Yangi davlatning poytaxti dastlab Samarqand deb topildi. XVI asrning 60-yillarida Buxoro ma’muriy-siyosiy markaz mavqeini oladi. XVI asrda Rossiyada «Buxariya», «Velikaya Buxariya», Sharqiy Turkiston esa «Kichik Buxoro» nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati tashkil topishi bilan bu hudud huquqiy tizimida yangi o‘zgarishlar joriy qilinishiga ehtiyoj tug‘ildi. Chingizxon va Temur davrida qo‘shinda joriy qilingan harbiy tartib- qoidalar saqlanib qoldi.

Shayboniyxon hokimiyatni mustahkamlab olgach, bir qator islohotlar o‘tkazdi. Bular yer-suv va pul islohotlaridir. Shayboniyxon 1505-yilda yirik qonunshunoslarning kengashini chaqirib unda bundan avvalgi o‘n yil ichida soliqlarning og‘irligidan, amaldorlar zulmidan qochib yer- suvlarini tashlab ketganlar mulklarining taqdiri muhokama qilindi. Kengash egasiz yer-suv, mulklar podsho tasarrufiga o‘tkazilishi, egalari qaytib kelgach davlat xazinasidan ularning mol-mulklari qaytarib berishi va ushbu mol-mulkdan foydalanganlik uchun tegishli haq to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1507-yilda pul islohoti o‘tkazilib, mamla- katning barcha yirik shaharlarida vazni bir xil bo‘lgan kumush tangalar, mis chaqalar zarb etilib, muomalaga kiritildi.

Abdullaxon I ning qisqa vaqt hukmdorligidan (1539–1540-y.) so‘ng mamlakatda qo‘sh hokimiyatchilik yuzaga keldi. Buxoroda Ubaydulloxon o‘g‘li Abdulaziz (1540–1550-y.), Samarqandda esa Ko‘chkunjixon o‘g‘li Abdulatif (1540–1551-y.) hokimiyatni boshqaradi. Abdullaxon II (1583– 1598-y.) davriga kelib mamlakat yana markazlashtiriladi. Mamlakat poytaxti Buxoroga ko‘chiriladi va shu davrdan boshlab Buxoro xonligi deb atala boshlandi. Pul islohotini o‘tkazilib, bir xildagi oltin va kumush tanga hamda mis chaqa muomalaga kiritiladi. Ichki va tashqi savdo rivojlanadi.

O‘zbek davlatchiligining Rossiya bosqinidan oldingi bosqichi XVI asrdan, ya’ni hokimiyat shayboniylar qo‘liga o‘tishi bilan boshlanadi. Aynan mazkur asrdan boshlab davlat boshqaruvida shu davrgacha shakllanib kelgan an’analardan chekinish holati ko‘zga tashlanadi. Xususan, dargoh va undagi turli lavozimlar mavqei kuchayib, ijroiya hokimiyati markaziy mansabdor shaxslar qo‘lida mujassamlashadi. Natijada devonlar tizimi chegaralangan. Buning sababi shayboniylar o‘zlari bilan davlat boshqaruvining ko‘chmanchi va yarim ko‘chman- chilarga xos shaklini olib kirganligidadir.

Shu davrga xos yana bir holat sifatida mansabdor shaxsning o‘z doimiy faoliyatidan tashqari qo‘shimcha vazifalarga ham jalb etilganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, dargohda faoliyat yurituvchi ko‘pgina amaldorlar qo‘shimcha ravishda harbiy ishlar yoki elchilik vazifalari bilan ham shug‘ullanib kelganligini ko‘rsatish mumkin.

Oliy davlat idorasi – dargoh (saroy) hisoblangan. Markaziy boshqaruv faoliyati yuqorida ta’kidlanganidek, saroy devoni va dargoh amaldorlari tomonidan amalga oshirilgan.

Oliy hokimiyat egasi xon bo‘lgan. Dastlabki davrlarda oliy hokimiyat hukmron sulolaning eng ulug‘ yoshdagi namoyandasiga o‘tgan. XVI

asrning 40-yillaridan boshlab sulola ichidagi oilaviy an’ana ustun chiqa boshlaydi.

Dargohdagi xondan keyingi muhim mansabdor shaxs naqib hisoblangan. Tarjimada «sardor», «boshliq», «yetakchi» ma’nosini beruvchi naqiblik mansabi amalda ancha keng vakolatga ega bo‘lgan. U ichki va tashqi siyosat hamda harbiy masalalarda oliy hukmdorning birinchi maslahatchisi hisoblangan. Uning maslahati bilan qaror qabul qilingan. Harbiy yurishlarni uyushtirish, davom ettirish, dushman harbiy imkoniyatlarini o‘rganish va elchilik vazifalari ham naqibga yuklangan. Odatda, ushbu lavozimga asosan Muhammad S.A.V. payg‘ambarimiz avlodlari hisoblanadigan sayyidlar xonadoniga mansub kishilar tayinlangan. Rasmiy qabul marosimlarida uning oliy hukmdordan chap tarafi tomonidan birinchi bo‘lib joy olishi naqibning dargohda tutgan yuksak maqomidan dalolatdir (masalan, 1570-yili Buxoroda Abdullaxon II yana o‘z hokimiyatini tiklarkan, buxoroliklar tomonidan o‘rtaga solingan mashhur Qosim shayx Azizxon (vafoti 1578-yil) bilan muzokaraga o‘z naqibini yuboradi).

Yuqori mansabdor shaxs hisoblangan devonbegi saroy devoniga boshchilik qilgan. U devon faoliyati haqida xonga kunlik hisobot berib borgan. Saroy devonining asosiy vazifasi mamlakatning muhim ishlaridavlat ya’ni davlat mulki, moliya, soliq, yer-suv boshqaruvi, joylardagi amaldorlarga ish taqsimlash, mansablarga tayinlash ishlarini yuritish bo‘lgan.

Dargohdagi ko‘kaldosh ilgarigi davrlardagi Devoni mushrifning faoliyatini amalga oshirgan. U umumiy davlat nazoratini olib borgan. U oliy hukmdor va rasmiy sulolaga eng yaqin kishilardan tayinlangan. Odatda, ko‘kaldoshning ijtimoiy mohiyati sulolaning biror bir vakili bilan bir onani emganlik bilan tushuntiriladi. Demak, ko‘kaldosh dargohning eng ishonchli kishilaridan hisoblanib, unga topshiriladigan vazifalar vazifalar nozik qadar nozik va mas’uliyatli bo‘lgan. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur maqom vazifasi mamlakatda oliy hukmdor olib borayotgan siyosat daxlsizligi, unga kishilarning munosabatlari bilan bog‘liq yumushlardan iborat edi. Masalan, Abdullaxon II va Abdul- mo‘min o‘rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etishda Abdulmo‘min harakatlari va maqsadlarini oldindan oldindan, xonga to‘g‘ri ma’lumot berishda asosiy o‘rinni Qulbobo ko‘kaldosh tutgani ma’lum.




Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling