O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet64/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Prussiyaning 1850-yilgi Konstitutsiyaviy xartiyasi. Prussiya qiroli dastlab inqilob davrida 1848-yilda Konstitutsiya taqdim etadi. Bir yildan keyin, ya’ni 1850-yil 31-yanvarda qirol yangi Konstitutsiyaviy xartiya chiqaradi. U oldingisiga nisbatan ancha demokratik xarakterda bo‘lgan. U shaxsiy, siyosiy va fuqaroviy huquqlar, sud tizimi, armiya, ta’lim sohasi, hokimiyat organlarining tizimi, ularning vakolatlari va o‘zaro munosabatlari kabi masalalarni belgilab bergan. Konstitutsiyaviy xartiya ba’zi tuzatishlar bilan 1919-yilgacha harakatda bo‘lgan.

Oliy hokimiyat organlari qirol, ministrlar (ministr-prezident), ikki palatali parlament va oliy suddan iborat bo‘lgan. Landtagning yuqori palatasi – Janoblar palatasi, quyi palatasi – Deputatlar palatasi deb atalgan. Mamlakatda qirol hokimiyati kuchli bo‘lib, landtag maslahat organi bo‘lgan va hukumat unga hisob bermagan. Sudyalar qirol nomidan ish ko‘rgan, u tomonidan tayinlangan.



1867-yilgi Avstriya-Vengriya ittifoqi. XIX asrning o‘rtalarida Avstriya ichki, ya’ni inqilobchi kuchlar, mustamlaka aholining chiqishlari va tashqi ta’sirlar, ya’ni Prussiyaning zarbasi natijasida siyosiy inqirozga uchraydi. German davlatlari orasida obro‘sizlanadi. Monarxiyani kuchaytirish maqsadida 1867-yilda Avstriya parlamenti – Reyxsrat Avstriya-Vengriya monarxiyasini tashkil etish haqidagi bitimni tasdiqlaydi. Bitim Vengriya parlamenti (Seym) tomonidan ham tasdiqlanadi. Seym bir palatali bo‘lib, unda asosan dvoryan va yirik burjuaziya vakillari yig‘ilgan.

Avstriya-Vengriya Leyta daryosi bilan ajralib turuvchi ikki qism – Sisleytaniya va Transleytaniyadan iborat bo‘ldi. Uning tepasida Avstriya imperatori turgan, u bir vaqtning o‘zida Vengriya qiroli unvonini ham olgan. Vengriya o‘z parlamenti va hukumatiga ega 6yumm zyyyymhm oladi. Uchta umumiy ministrlik tashqi ishlar, harbiy va dengiz hamda moliya ministrliklari tasis etilgan.

Ittifoqning vujudga kelishi bilan Avstriyada liberal islohotlar o‘tkaziladi. Ittifoq boshqaruvida parlamentga nisbatan hukumatning roli katta bo‘lgan. Imperator favqulodda farmonlar chiqarish vakolatiga ega bo‘lib, ijroiya hokimiyati tepasida turgan va davlat boshlig‘i hisoblangan. Avstriya-Vengriya monarxiyasi ba’zi o‘zgarishlari bilan Birinchi jahon urushining oxirigacha saqlanib qolgan.



Prussiyaning gegemonlik uchun kurashi va Shimoliy Germaniya ittifoqi. Prussiya Germaniyada ustunlik qilish uchun kurashni nemis davlatlarining yagona iqtisodiy makonini tashkil qilishda o‘z liderligi o‘rnatish bilan ancha ilgari boshlagan edi. Prussiya o‘z qirolligi miqyosida 1818-yilgi qonuni bilan dastlab bojxona chegaralarini bekor qilib barcha provinsiyalar bo‘yicha ko‘chib yurish erkinligini e’lon qiladi. Pruss tovarlariga homiylik qiladigan umumiy bojxona ta’rifi o‘rnatiladi.

1819-yilda ushbu islohotlarni butun ittifoqqa tatbiq etish tashabbusi bilan chiqadi. Avstriya hukumati va uning izdoshlari esa inkor qiladi. 1834-yilda Prussiya boshchiligida german davlatlarining bojxona ittifoqi tashkil etiladi. Unga 22 ta a’zo kirib, aholisi 23 mln. kishidan ortiq bo‘ladi.

Ittifoq iqtisodiy sohada rivojlanib, savdo va veksel huquqlari birxillashtiriladi. 1847-yilda Konferensiyada Umumgerman veksel ustavi qabul qilindi. Prussiyaning huquqiy sohadagi mavqei mustahkamlanib, qonunchilik sohasida faollashib boradi. U tomoni kodifikatsiya ishlari jadal olib boriladi.

1860-yilda Umumgerman savdo qonunnomasining qabul qilinishi mislsiz voqea bo‘ladi. U mahalliy separistik kayfiyatlarga zarba berib, Germaniyaning yagona iqtisodiy va huquqiy makonini yaratishda Prussiyaning yetakchi rolini batamom mustahkamlaydi.

XIX asrning 60-yillarida Prussiya oshkora harbiy yo‘l bilan Germaniyani birlashtirishga kirishadi. 1866-yilda Avstriya-Prussiya, Avstriya-Italiya urushlari bo‘lib o‘tadi. Napoleon III vositachiligida Avstriya-Prussiya o‘rtasida va u taklif etgan bitim (Praga, Nikolsburg yarash imzolanadi) imzolanadi. Natijada Prussiya kansleri Bismark bir qancha nemis davlatlari va erkin shahar Frankfurt-Maynni tugatib, o‘z hududiga qo‘shib oladi. Bir nechta kuchli nemis davlatlari bilan 5 yillik harbiy konvensiya tuziladi.

Janubiy nemis davlatlari hududiy da’vogar Napoleon III ga qarshi va Bismarkka moyil bo‘lsa-da, betaraf qoladi. Shunday bo‘lsa-da, ular (Bavariya, Vyurtemberg, Baden, Gessen-Darmshtadtning bir qismi) ham Prussiya bilan harbiy va iqtisodiy jihatdan yaqindan bog‘langan.

Natijada qattiq kurashlar davomida oldingi German ittifoqi buziladi. Avstriya umumgerman ishlarida ishtirok etishdan abadiy chetlashtiriladi. Bismark Prussiya boshchiligidagi yangi German ittifoqini tuzishga kirishdi.

1866-yil 4-avgustda Bismark Prussiya nomidan shimoliy nemis davlatlariga murojaat etib, nemis davlatlari ittifoqini tuzishni taklif etadi.

18 davlat va 3 ta erkin shahar (Gamburg, Bremen, Lyubek) ittifoq shartnomasini imzolaydi. Prussiyaning ilgari surgan loyihasi va Berlindagi muhokamadan so‘ng 1867-yilning boshida Konstitutsiya qabul qilinadi. Unga binoan Shimoliy German ittifoqi tuziladi. Unda prussiya hukmron mavqeni egallaydi.

Ittifoqning aholisi 30 mln. ga yaqin bo‘lib, ittifoqqa kirmagan janubiy german davlatlarida 8 mln. ga yaqin aholi yashagan.



Konstitutsiyaga ko‘ra Ittifoq Prezidenti lavozimi Prussiya qiroliga topshiriladi, qirol ittifoq kanslerini tayinlash va harbiy qo‘mondonlikni bajarish huquqiga ega bo‘ldi. U reyxstag va Ittifoq kengashini chaqirish va tarqatib yuborish uchun favqulodda huquqqa ega bo‘ladi. Qonunlarni tasdiqlash ham uning vakolatiga kirgan.

Ittifoq parlamenti – reyxstag bo‘lib, u vakillik organi sifatida saylangan. Barcha davlatlarning vakillaridan iborat Ittifoq kengashi joriy etilgan. Yagona ittifoq ministri faqat ittifoq kansleri hisoblanadi. Kansler reyxstag oldida emas, Ittifoq Prezidenti oldida javobgar edi. Qolgan boshqarma (ministrlik)lar stat-sekretarlar tomonidan boshqarilgan.

Germaniyaning birlashtirilishi natijasida yagona ichki tartib qoidalar joriy etilgan. Bismark Germaniya nomi ostida Prussiya hukmronligini kuchaytirishga, nemis yerlarini prusslashtirishga harakat qilishi natijasida janubiy german davlatlarini qarshiligi yuzaga kelgan. Shu bilan birga, Fransiya ham German davlatlari tarqoqligini saqlash tarafdori bo‘lganligi sababli, Bismark undan o‘ch olishga harakat qiladi. Oqibatda 1871-yilda Fransiya-Prussiya urushi vujudga keladi va Fransiya yengilgan.

Xuddi shu davr oralig‘ida janubiy german davlatlari (Badan, Bavariya, Vyurtenburg, Gessen-Darmshtadt) bilan Shimoliy German ittifoqi o‘rtasida «mudofaa shartnomalari» tuziladi. Ushbu shartnomalarning tuzilishining oqibati ularning yangi ittifoqqa – 1871-yil qayta tuzilgan Germaniya imperiyasiga kirishlariga huquqiy asos bo‘lib qoladi. Shu tariqa urush davrida Germaniyani birlashtirish oxiriga yetkazilgan.

1871-yil 18-yanvarda Prussiya qiroli Versal saroyida Vilgelm I nomi bilan «German imperatori» deb e’lon qilinadi. Germaniya Prussiya gegemonligi ostida birlashtiriladi. Bundan keyingi davrda Germaniya siyosiy tuzumi tuzumida yangi normativ-huquqiy hujjatlar asosida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilgan.


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling