O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari


Download 431.45 Kb.
bet62/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

1-§. Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari

Yangi davr Germaniya davlati va huquqi rivojlanishida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tgan. Germaniya davlatchilik va huquqiy taraqqiyoti XIX asrda davom etgan.



Napoleon bosqini va «German millati muqaddas Rim impe- riyasi»ning qulashi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» faqat rasman yagona davlat bo‘lib, XVIII asrda uning tarkibiga suveren davlatlar hisoblangan imperatorning 7 ta kurfyuristligidan tashqari 300 ga yaqin katta-kichik davlatlar kirgan. Bu davlatlar rasman imperatorga qaram bo‘lib, amalda knazlar, yepiskoplar, shaharlar kengashlari va boshqa ko‘p sonli feodal egaliklar tomonidan idora etilardi. Ularning ko‘pchiligi yeri va aholisi juda kam bo‘lgan davlatlar edi.

German knazliklari orasida Saksoniya, Bavariya, Vyurtemburg va hududi kengligi jihatidan Avstriya, imperiya siyosiy hayotiga ko‘proq ta’sir o‘tkazishi bilan Prussiya (poytaxti Berlin) ajralib turgan. Bu yerlarda asosan slavyanlar – polyaklar, xorvatlar, slovenlar, chexlar, vengerlar yashardilar.

Prussiya XVIII asrning ikkinchi yarmida qudratli monarxiya davlatiga aylanib ulguradi. Bunda prus qiroli Fridrix II (1740–1786- y.)ning «ma’rifatli absolutizm» siyosati muhim rol o‘ynaydi. U boshqaruv sohasida moliya, sud, bojxona, iqtisodiyot va agrar sohalarda islohotlar o‘tkazadi.

Prussiya barcha german davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1781- yilda umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy qilgan. Mamlakat huquqini birxil- lashtirgan. 1781-yilda birinchi Fuqarolik protsessual kodeksi, 1793-yilda Sud ustavi, 1794-yilda esa Umumdavlat qonunnomasi (Prussiya landrexti) amalga kiritilgan.

Bu islohotlar natijasida mamlakatda burjua munosabatlari rivojlanishi yuz beradi. Kapitalistik tadbirkorlik rivojlanishi rag‘batlantiriladi. Kattaligi bo‘yicha Yevropada 4 o‘rinda turadigan yirik qurolli kuchlar tashkil etilib, unga yillik budjetning 85 % sarflangan.

«German millatining muqaddas Rim imperiyasi» Napoleonning bosqinchilik urushi davomida siyosiy-iqtisodiy qoloqligi va tarqoqligi sababli osonlik bilan tugatiladi. Natijada fransiya manfaatlariga muvofiq

egallangan hududlarda qayta ma’muriy-hududiy taqsimot amalga oshirilib, yirik davlatlar, Berg gersogligi va Vestfaliya qirolligi tashkil qilinadi.

German davlatlarining Reyn ittifoqi 1806-yilda tashkil topib, tarki- biga dastlab 16 ta, keyin 21 ta german davlati kirgan. U rasman davlat suverenitetidan mahrum etilmagan monarxiyalar ittifoqi sifatida vujudga keladi. Lekin, Napoleon bilan syuzerenitet-vassalitet munosabati amal qiladi. Ittifoq a’zolari «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibidan chiqqanliklarini e’lon qiladi.

Bu davlatlarda yer, moliya, ma’muriy sud islohotlari amalga oshiriladi. Ba’zi joylarda Napoleonning 1804-yilgi «Fuqarolik kodeksi» joriy qilinadi. Nemis qishloqlarida krepostnoy qaramlik bekor qilinib, dehqonlarni mulkdorlarga aylantirishga qaratilgan birinchi qadam tashlangan.

Reyn ittifoqi tarkibiga Prussiya kirmagan edi. 1807-yilda Prussiya Fransiya bilan bo‘lgan urushda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng dvoryanlar burjua xarakterida islohotlar o‘tkazishga qaror qiladilar. Amalda feodal tuzumni chegaralovchi, kapitalizm taraqqiyotiga yo‘l ochib beruvchi muhim farmonlar qabul qilinadi. Natijada qisman dvoryanlarga ham tatbiq etiladigan yangi soliqlar joriy qilinadi. Cherkov yerlarini davlat yeriga aylantirish (sekulyarizatsiya qilish) amalga oshirilib, kichik cherkovlar bekor qilingan.

Boshqaruv sohasida iqtisodiy islohotlar bilan bog‘liq holda o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Jumladan, beshta ministrlik – harbiy, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya, moliya ministrligi ta’sis etilgan. Har bir viloyatga hukumat tomonidan tayinlanadigan ober-prezident boshliq qilib qo‘yilgan. 1808-yilgi qonun bilan shaharlarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqaradigan mahkamalar joriy etilgan. Barcha muhim ishlar – moliya, politsiya, ta’lim, ijtimoiy ta’minot ularning vakolatiga topshirilgan.

Saylov huquqi mulk senzi (150–200 taler)ga asoslangan. Armiyada ham islohotlar o‘tkazilib, tan jazolari bekor qilingan. 1814-yilda umumiy harbiy majburiyat joriy qilingan. Ofitserlar yetkazib beruvchi (kelib chiqishi dvoryan bo‘lmaganlarga ham) harbiy akademiyaga asos solingan. Vena kongressi va German ittifoqining tashkil topishi. Fransiyaning mag‘lubiyatidan so‘ng 1814-yilda chaqirilgan Vena kongressi Germaniyaning parchalanib ketishini oldini olib, German ittifoqini tuzish

borasida bir qator qarorlar qabul qiladi.

Yangi tuzilgan German ittifoqi (Muqaddas ittifoq) a’zoligiga nemis davlatlari va Avstriya imperiyasiga qarashli yerlarning bir qismi kiradi.

Ittifoq 34 ta monarxiya va 4 ta erkin shahar (Gamburg, Berman, Lyubek va Frankfurt-Mayn) dan tashkil topgan. Biroq, kongress barcha nemis davlatchiligini qaytadan tiklay olmaydi. G‘arbiy German o‘lkalarida fransuz burjua tartiblarining ta’siri va Napoleon kodeksi saqlanib qolgan.

Ittifoqda mustahkam o‘zaro aloqa, yagona tartib bo‘lmagan. Uning oliy organi «Ittifoq seymi» (Bundestag) deb atalgan. U hamma ittifoq a’zolarini birlashtirgan holda nemis podsholari vakillarining kengashi hisoblangan. Seym qarorlari suveren podsholar tan olgan taqdirdagina majburiy hisoblanadi.

Ittifoq kuchsiz konfedratsiyani eslatgan. Uni hududiy jihatdan kichik davlatlardan iborat shimoliy va yirik davlatlardan iborat janubiy Germaniyaga ajratish mumkin. Ittifoqda Avstriya hukumati yuqori mavqega ega bo‘lgan. Uning vakili ittifoqning doimiy vakili, elchixonasi binosi majlislar joyi bo‘lgan.

O‘z ahamiyati bo‘yicha Prussiya qirolligi ikkinchi o‘rinda turgan. U hududi, ichki tuzilishi, e’tiqodi, xo‘jaligi bo‘yicha ko‘p sonli sharqiy va g‘arbiy provinsiyalarga bo‘lingan bo‘lib, mustahkam bo‘lmagan. Prussiya qiroli Fridrix-Vilgelm III provinsiyalar boshqaruvi bo‘yicha maslahat xarakteridagi toifa landtaglarini ta’sis etgan.

Sharqiy provinsiyalarda votchina yurisdiksiyasi yunkerlar qo‘lida edi. Bosib olingan polyak yerlari (Poznan va Sileziya) nemislashtirilib, zemstvo huquqi joriy etiladi. G‘arbiy yerlar, ya’ni uzoq vaqt fransuzlar tomonidan idora qilingan yangi provinsiyalar Reyn va Vestfaliyada krepostnoy qaramlikdan tugatilgan. Fransuz burjua tartiblari, demokratik qoidalar amal qilgan. Bu yerda g‘arbda amal qiluvchi pomeshchik yurisdiksiyasi allaqachon tugab ketgan.

Ittifoq shimoliy Germaniyasidagi mayda davlatlarning ko‘pchiligida (Meklenburg, Oldenburg, Braunshveyg, Gessen-Kassel) 1815 yildan keyin feodal tuzum mustahkamlangan. Tyuringiya gersogliklari (Saksen- Veymar va Saksen-Meyningen)da yangi konstitutsiyaviy tartiblar joriy qilingan.

Janubiy Germaniyadagi 4 ta davlat (Bavariya, Vyurtenberg, Baden, Gessen-Darmshtadt)da Fransiya ta’sirida mahalliy burjuaziyaning talablariga muvofiq konservativ xarakterdagi konstitutsiyalar qabul qilinadi.




Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling