O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet70/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

XIV BOB. ROSSIYA PODSHOLIGI MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLAT VA HUQUQ

1-§. O‘rta Osiyoning Rossiya podsholigi tomonidan bosib olinishi va Turkiston o‘lkasining siyosiy tuzumi

XVI asrning 50-yillarida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi jarayoni dastlab o‘z atrofidagi unga doimo tahdid qilib kelgan davlatlarga zarba berish va ularni bosib olish yo‘nalishida bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlarning yerlarini ochiqdan-ochiq turli sabablar bilan bosib olish siyosatiga aylanadi.

Rossiya imperiyasining qo‘shni davlatlarni, xususan, o‘zbek xonlik- larining yerlarini bosib olishga, ularning ichki ishlariga aralashishga qaratilgan siyosati o‘zining chuqur va uzoqni ko‘zlovchi maqsadlariga ega.

Mustamlaka sharoitida Qo‘qon xonligi hududida tashkil etilgan Turkiston o‘lkasi, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi Rossiyaning chekka o‘lkalaridan biri bo‘lib qoladi. Unda harbiy-xalq boshqaruvi tuzumi joriy etiladi. O‘lkaning huquqiy manbalari o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘lgan.

Buxoro ustidan Rossiyaning homiyligi (protektorati) o‘rnatilib, mustamlaka davlatga aylantiriladi. Bu davrda davlat markazlashgan davlatga aylantiriladi.

Xiva xonligi ham Buxoro amirligi singari vassal davlatga aylan- tiriladi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar Rossiya tarkibiga kiritilib, xon faoliyati shu yerdagi boshliq orqali nazorat etib borilgan. Shunday bo‘lsa-da, uning Buxorodan farqi oliy hokimiyat xon qo‘lida qolib, faqat tashqi to‘laligicha, ichki siyosat esa qisman chegaralanadi.



Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu davrda Xiva xonligi va Buxoro amirligi hududiy-siyosiy nuqtai nazardan Rossiya, Angliya va Afg‘oniston, Eron manfaatlari to‘qnashgan nuqtaga aylanadi1. Agarda, ushbu davlatlar hududi ruslar qo‘liga o‘tsa, ular uchun Hindiston sari yo‘l ochilib, Angliya manfaatlari Afg‘oniston va Hindistonda xavf ostida




1 Qarang: Tyxmamemob T. Poccmr m Xmba b kohye XIX hauaue XX beka. M.: Hayka, 1969. C.14–18; Mamma6 Anuxon FaØyp. Xopasm caØapm kyhДa- umfm. T., 2005. b. 34.

qolishi mumkin edi. Shu jihatdan, aynan Xiva xonligiga yurishdan oldin Peterburgda Rossiya va Angliya o‘rtasida tuzilgan bitim talablariga muvofiq, har ikkala davlat o‘z an’anaviy davlat va huquq tizimini saqlab qoladi1.

O‘zbek davlatchiligining so‘ngi bosqichlaridan biri, yangi davr – bu aynan rus podsholigi mustamlakachiligi davri bo‘lib hisoblanadi. Chor Rossiyasi XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘rta Osiyo yerlarini bosib olishni maqsad qilib qo‘yadi. Shu maqsadni amalga oshirish, o‘lkadagi foydali qazilmalarning miqdori va joyini aniqlash maqsadida mintaqaga ketma-ket ekspeditsiyalar uyushtiriladi.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olishga kirishadi. Mahalliy davlatlar o‘rtasidagi siyosiy tarqoqlik Rossiya hukumatiga qo‘l keladi. Xonlar orasida yakdillikning yo‘qligi, qurollangan doimiy qo‘shinlarning joriy etilmaganligi ularning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Oqibatda 30–40-yil davomida olib borilgan yurishlar tufayli O‘rta Osiyoda rus podsholigining hukmronligi o‘rnatiladi.

1868-yilga kelib Rossiya Qo‘qon xonligi hududining yarmini egallab ulguradi. Shu yil 29-yanvar 13-fevral kunlari oralig‘ida Qo‘qon xonligi bilan Rus davlati o‘rtasida savdo bitimi imzolanadi. Bu bitim Qo‘qon xonligining siyosiy jihatdan Rossiyaga qaramligini ta’minlaydi. Bu vaqtda xonlik hududi asosan Farg‘ona vodiysidan iborat edi. Aholisi 300 000 kishini tashkil etgan.



Shuningdek, 1868-yilda olib borilgan yurishlar tufayli shu yil 23-iyulda Buxoro amirligi bilan sulh shartnomasi imzolanadi. Unga ko‘ra Buxoro amirligi quyidagi shartlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi: 1) Rossiya vassalligini tan olish, 2) unga 500 ming rus rubli hisobida urush tovoni to‘lash, 3) Samarqand va Kattaqo‘rg‘on viloyatlarini Rossiyaga berish, 4) boshqa davlatlar bilan mustaqil siyosiy aloqa o‘rnatish huquqidan voz kechish va h.k. Biroq shunday bo‘lsa-da, Rus davlati Buxoro amirligining bo‘ysunmagan ayrim bekliklarini bo‘ysundirish maqsadida yana bosqinchilik urushlarini davom ettiradi.

Rossiya hukumati 1872–1873-yillarda Xiva xonligiga to‘rt tomondan yurish uyushtiradi. 1873-yil 12 (25)-avgustda Xiva va Rossiya o‘rtasida

18 moddadan iborat sulh shartnomasi tuziladi. U shaxsan Turkiston general-gubernatori tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga binoan Xiva




1 Qarang: Ma6upumob X.P. Xmba xohumfmhmhf Дabuat tysymm ba zyyyy mah6auapm. ŒpmД. Øah. homs. Дmc. abtopeØ. T., 2012. b. 19.

xonligi quyidagi shartlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi: 1) Rossiya vassalligini tan olish; 2) urush xarajatlarini qoplash uchun unga 2 mln.

200 ming rus rubli miqdorida tovon to‘lash; 3) Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ini Rossiyaga berish; 4) boshqa davlatlar bilan mustaqil siyosiy aloqalar o‘rnatish huquqidan voz kechish va boshqa siyosiy-huquqiy talablarni ijro etish.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, rus qo‘shinining so‘nggi harakatlari aynan 1880–1892-yillarda Xiva xonligi hududida yashovchi turkmanlarni bo‘ysundirish bilan bog‘liqdir.

1875-yilga kelib Qo‘qon xonligida Xudoyorxonga va Rus davlatiga nisbatan norozilik kuchayib, qarshi harakatlar boshlab yuboriladi. Natijada rus davlati O‘rta Osiyodagi o‘z hokimiyatini ushlab qolish, real xavfni bartaraf etish va bevosita boshqaruvdagi hududini yanada kengaytirishga kirishadi. Shu yil 22-sentabrda Qo‘qon xonligi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 600 ming tanga tovon solinib, xonlikdagi Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘i Rossiya tarkibiga kiritiladi. Nasriddinxonning asosli talabi bilan ushbu tovon bekor qilinadi. 1876-yil fevralda Qo‘qon xonligi tugatilib, o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil etiladi. Marg‘ilon bekligiga 125 000 tilla – 500 000 rubl tovon solinadi.

O‘rta Osiyo hududida Rossiya hukumati o‘ziga xos bo‘lgan siyosiy- harbiy boshqaruvni tashkil etdi. Siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalar mustamlakachilik maqsadlariga qaratilgan katta o‘zgarishlarga uchradi. Masalan, Turkiston general gubernatorligi rus mollari kiritiladigan bozor va xom ashyo (paxta, bug‘doy, teri…) manbai sifatida xizmat qildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq, ularning mustaqilligi va nomi saqlanib qolgan bo‘lsa-da, amalda dunyo siyosiy-iqtisodiy maydonida Rossiya tarkibidagi o‘lka sifatida namoyon bo‘ldi. Rossiyaning Turkiston general- gubernatorligi tomonidan joriy etilgan qaror, yo‘riqnoma va shartnoma kabi normativ-hujjatlari Buxoro va Xiva davlatlariga ham daxldor edi.

Shunday qilib, Turkiston o‘lkasida tom ma’nodagi mustamlakachilik tartiblari joriy etildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligida yarim mustamlakachilik tartiblari o‘rnatildi. Mazkur jihatlarga ko‘ra rus podsholigi davrida Turkiston o‘lkasi, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi davlat va huquq masalalarining o‘ziga xos xususiyatlarini alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling