Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 142.98 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi142.98 Kb.
#1536835
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ona tili


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI
KAFEDRASI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOT YO’NALISHI
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN
KURS ISHI

MAVZU: OT SO‘Z TURKUMINING UMUMIY VA XUSUSIY BELGILARI


Bajardi: Ismoilova Nodira Rashid qizi
Tekshirdi: Komilova Gulmira

Chirchiq-2023
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………….3
I.BOB. SO‘Z TURKUMLARI HAQIDA TUSHUNCHA
1.1.So‘z turkumlari mohiyati va uning turlari…………………5
1.2. So‘z turkumlari va ularni matn asosida tasniflash turlari…8

II.BOB. ONA TILI O‘QITISHNING METODIKASI
2.1.Ot so‘z turkumi va uning turlari………………………....15
2.2.Ot so‘z turkumining leksik gramatik xususiyatlari……….24

XULOSA……………………………………………………29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…….30

KIRISH
Maʼlumki, bugungi kunda “Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ilgari surilgan masalalar jadal sur’atda umumtaʼlim maktablarida muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda. Qonun talablariga muvofiq taʼlim-tarbiya sifati va samaradorliligini oshirish shu kunning talabi bo‘lib qoldi. Bu maqsadni amalga oshirish o‘qituvchidan izlanishni, ijodkorlikni, o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladi.
Hozirgi o‘quv jarayonida odatdagi dars usullaridan tashqari yangi texnologiya asosida noanʼanaviy darslarni tashkil qilish rivojlanib bormoqda. O‘quvchilarda taʼlim olishga boʼlgan ijobiy intilish va ehtiyojni shakllantirish, oʼzaro bellashuv elementlarini joriy etish hamda o‘quvchilarda muntazam ravishda o‘qishga qiziqish uyg‘otish maqsadida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini izlashda ijobiy faollikni oshirish zarur bo‘lib qoldi.
Taʼlim rivojining buguni va istiqboli bugun sinfda dars berayotgan oʼqituvchiga koʼp jihatdan bogʼliq. Zero, oʼqituvchi maktabda asosiy figura hisoblanar ekan, u oʼziga bildirilgan ishonch, yosh avlod tarbiyasidek murakkab, masʼuliyatli vazifani sidqidildan bajarmogʼi zarur. Oʼqish sifatini yanada oshirish davr talabi boʼlib qolgan shu kunlarda darslarni noanʼanaviy usulda olib borish keng yoʼlga qoʼyilgan. Taʼlim jarayonini yangi mazmun va shaklda yoʼlga qoʼyish masalasi, eng avvalo, ona tili taʼlimiga taalluqlidir.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov: “Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u maʼnaviyat belgisi sifatida kishilarni yanada yaqin jipslashtiradi... Maʼnaviyatni mustahkamlash uchun mablagʼni ayash oʼz kelajagiga bolta urish demakdir”1 , - deb aytgan edi. Taʼlim mazmunining asosini dars tashkil etadi. Dars orqali ilmiy yangiliklar va axloqiy tarbiya oʼquvchilarga yetkaziladi. Bugungi kunda darslarimizni zamonaviy ruhda tashkil etib, noanʼanaviy usullardan foydalanmay, har bir darsni sanʼat darajasiga koʼtarmay turib, belgilangan natijaga, koʼzlangan maqsadga erishib boʼlmaydi. Oʼzbek xalqi yoshlarini har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash, yangi zamon kishisini shakllantirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Sir emaski, yosh avlodni toʼgʼri tarbiyalash va yuksak fazilatli insonni voyaga yetkazish juda murakkab va mashaqqatli ishdir.
O’zbekiston kelajagi bo’lmish yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratildi. “Umumta’lim dasturlarini maktabgacha tarbiya, boshlang’ich umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida tuzsak, maqsadga muvofiq bo’ladi,”-degan edi prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Barkamol avlod orzusi” nomli kitobida.2
Davlatimiz tamonidan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. “Davlat ta’lim standartlari” joriy etildi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. O’rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va o’rta umumta’lim maktablari kapital tamirdan chiqarilib, o’quv-laboratoriya jihozlari va zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuterlar bilan ta’minlandi.



Download 142.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling