Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


I.BOB. SO’Z TURKUMLARI HAQIDA TUSHUNCHA


Download 142.98 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi142.98 Kb.
#1536835
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ona tili

I.BOB. SO’Z TURKUMLARI HAQIDA TUSHUNCHA
1.1.So’z turkumlari mohiyati va uning turlari
Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning grammatik kategoriyalar yagona tizimining, oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining, sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruhlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. So‘z turkumlari. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmagan so‘z turkumlari birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, taqlid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.
Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan so‘z turkumiga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Masalan, oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.
Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (masalan, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxs son, mayl, nisbat va boshqalar) har bir Soʻz turkumlaridagi aksariyat so‘zlarga tegishli bo‘ladiki, bu narsa so‘zlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.
Hozirgi maktab grammatikalaridagi so‘z turkumi tizimi, yaʼni so‘zlarni turkumlariga ajratish qadimgi davrlarga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 4-asrda Aristotel so‘z turkumini 7 ga, miloddan avvalgi 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, miloddan avalgi 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, ko‘makchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan.
Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil so‘zlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (o‘rta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bo‘lsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Masalan, so‘z turkumlari soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) ko‘rsatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taqlid soʻzlar, modal suzlar) so‘z turkumlaridir. So‘ turkumlari sonining barqarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi.
Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mohiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Masalan, feʼlning zamon kategoriyasi feʼl misolida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi.
Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Mas, oʻtgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kate-goriyasining , feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik tizimi yoritiladi.


Download 142.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling