O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet93/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

ikkinchidan, siyosiy, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy sohaning o‘ta muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha qonunlarni qabul qilish, ularni muntazam yangilab, takomillashtirib borish;

uchinchidan, davlat idoralari huquqiy maqomini, siyosiy tizimning boshqa tarkibiy qismlari maqomini demokratiya va huquqiy davlatchilik prinsiplari asosida takomillashtirishga qaratilgan qonunlar chiqarish;

to‘rtinchidan, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ularga qat’iy rioya etish, ularni muhofaza etishga qaratilgan qonunlar yaratish va shu orqali jamiyatda mustahkam qonuniylik muhitini, chinakam demokratik huquqiy davlatni vujudga keltirishga ko‘maklashish.

O‘zbekiston Respublikasining qonun chiqarish amaliyoti puxta ilmiy zaminga asoslanishi shart. Qonunchilik faoliyatining barcha jihatlari huquqshunoslik nazariyasi tomonidan qayta mushohada etilishi, mustaqil

davlat qonunchiligining ilmiy konsepsiyasi vujudga keltirilishi lozim. Huquqshunoslik fani oldida turgan dolzarb vazifalardan biri qonunchilik mexanizmining hamma tarkibiy bo‘g‘inlarini chuqur tahlil etish va shunga doir ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Qonunlarning ilmiy «saviyasini» oshirish, sifatini yaxshilash jamiyatga huquq vositasida rahbarlik qilishning, uni boshqarishning ilmiy darajasini yuksaltirish imkonini beradi. Qonunchilikni takomillashtirish manfaatlari qonun yaratish faoliyatini huquqiy, ijtimoiy, ruhiy va tashkiliy tomonlarini hamda protsessual tartiblarini nazariy o‘rganishni talab etmoqda. Shu bois O‘zbekistonning yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish va qonunchilik jarayonini nazariy tadqiq etish o‘ta muhim siyosiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini konstitutsiyaviy zamin asosida takomillashtirib borish, tub huquqiy islohotlarning yagona milliy konsepsiyasini yaratish lozim. Unda huquqiy islohotlarning maqsadi, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari o‘z aksini topishi maqsadga muvofiq. Ushbu islohotning asosiy mazmuni, birinchidan, O‘zbekiston davlat mustaqilligining huquqiy (qonunchilik) bazasini vujudga keltirish hamda takomillashtirish lozimligidan, ikkinchidan, mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini qaror toptirishning huquqiy asoslarini yaratish zaruriyatidan, uchinchidan, demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini real ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqadi.

Yuqoridagi maqsad va vazifalar asosida qonunchilikni rivojlanti- rishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin:

siyosiy islohotlarni huquqiy ta’minlash – qonunchilik bazasini yaratish va takomillashtirish;

iqtisodiy islohotlar, ya’ni bozor munosabatlari infrastrukturasini shakllantirishning qonunchilik asoslarini mustahkamlash;

sud-huquq islohotlarining qonunchilik negizini vujudga keltirish va yanada rivojlantirish.

Ko‘rsatilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha talaygina qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Biroq qonunchilikni takomillashtirish uzluksiz jarayondir. Hayot qonunchilik oldiga o‘zining yangi-yangi talablarini qo‘yaveradi va qonunlar jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlariga mos ravishda yaratilib, muttasil rivojlanib boraveradi.

Huquqiy tizimning shakllanishi va takomillashuvi uning tarkibiga kiruvchi boshqa elementlarning rivojlanishini nazarda tutadi. Mustaqillik yillarida jamiyatning ijtimoiy-huquqiy ongi, fuqarolarning huquqiy

madaniyati ham o‘sib, islohotlar davri bilan hamohang tarzda yuksalib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidla- ganidek, jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan, odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir1.

Shuningdek, milliy huquqiy tizimning boshqa bo‘g‘inlari, ya’ni huquq ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlar tizimi, yuridik fan, yuridik muassasalar, yuridik amaliyot, huquqiy munosabatlar tizimi va boshqalar ham izchil rivojlanib bormoqda.



Shunday qilib, mamlakatimiz huquqiy tizimi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishdek strategik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlab, istiqlol davri talablariga mos tarzda bosqichma-bosqich shakllanib, jamiyat yuksalishi barobarida takomillashib, mazmunan boyib va muntazam mukammal- lashib borayotgan serqirra ijtimoiy organizmdir.





1 Papumob H.A. MamuakatmmmsДa Дemokpatmk mcuozotuaphm rhaДa uyyypuamtmpmm ba Øyyapoumk wammrtmhm pmbowuahtmpmm kohyemymrcm: Ys6ekmctoh Pecmy6umkacm Oumu Mawumcm {ohyhumumk mauatacm ba Cehatm- hmhf yymma mawumcmДafm maapysa (2010 umu 12 hor6pa). T., 2010. b. 27.

XVII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling