O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini tashkil etish va uning faoliyatining asosiy prinsiplari
-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Download 25.59 Kb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini tashkil etish va uning faoliyatining asosiy prinsiplari.
3-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
8. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlariga ko'rib chiqish uchun qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo'yicha o'rnatilgan tartibda takliflar kiritish; fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, shuningdek ichki ishlar organlariga yordam bergan va jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va korruptsiyaga qarshi kurashishda o'rnak ko'rsatgan fuqarolarni rag'batlantirish; davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki manfaatdor shaxslarga huquqbuzarliklarni, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalarni kiritish; boshqa vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari bilan hamkorlikda qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish; jinoyatlar tafsilotlari, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda shaxslarni qidirish uchun davlat organlari tomonidan ta'sis etilgan ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanish; tashkilotlar va fuqarolardan ichki ishlar organlari faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotni bepul olish, qonunda boshqacha tartib o'rnatilgan hollar bundan mustasno; jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklarni oldini olish va fosh etish maqsadida texnika va maxsus vositalardan foydalangan holda axborot tizimlari hamda ma'lumotlar bazasini yaratish; ichki ishlar organlari faoliyatini yoritish, normativ-huquqiy hujjatlar, rasmiy e'lonlarni chop etish, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar bo'yicha boshqa materiallarni joylashtirish uchun qonunga muvofiq bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish; ikki tomonlama va ko'p tomonlama kelishuvlar asosida xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat birlashmalari va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bog'liq tadbirlarni o'tkazish uchun vazirlik va idoralarning mutaxassislarini jalb etish; jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini takomillashtirish uchun davlat unitar korxonalari tashkil etish to'g'risida takliflar kiritish; ichki ishlar organlari bo'linmalarining ramzlarini, shu jumladan farqlovchi ko'krak nishonlarini ta'sis etish. Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. 9. Vazirlik ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir. Download 25.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling