O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi
Download 0.58 Mb.
|
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org
Adabiyotlar:
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. -Т.: «Ўзбекистон», 2003. Қорақалпоғистон Республикаси Конституцияси. -Қорақалпоғистон, 1993. Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, бар-қарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т.6. Т.: «Ўзбекистон», 1997. 125-135, 149-162-бетлар. Каримов И.А. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Т.6. Т.: «Ўзбекистон», 1997. 324-346-бетлар. Каримов И.А. Жамият мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат этсин. Т.7. Т.: «Ўзбекистон», 1999. 84-102-бетлар. Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.8. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 489-508-бетлар. Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 6-12, 14-26, 28-38, 47-48-бетлар. Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт - пировард мақсадимиз. Т.8. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 462-467-бетлар. Каримов И.А. «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» рисоласига сўз боши. Т.9. Т.: «Ўзбекистон», 2001. 220-224-бетлар. Каримов И.А. Биз танлаган йўл - демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан хамкорлик йўли. Т.11. Т.: «Ўзбекистон», 2003. 214-247-бб. Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букилмас иродасига боғлиқ. Т.12. -Т.: «Ўзбекистон», 2004, 243-275-бетлар. Каримов И.А. Эл-юртга ҳалол, виждонан хизмат қилиш - ҳар бир раҳбар-нинг муқаддас бурчи. Т.12. -Т.: «Ўзбекистон», 2004. 285-312-бетлар. Каримов И.А. Қонун ва адолат устуворлиги фаолиятимиз мезони бўлсин. Т.12. -Т.: «Ўзбекистон», 2004, 313-337-бетлар. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. (Изоҳли кўргазмали воситалар тўплами). Т.: «Янги аср авлоди», 2001. 80-бет. Саифназаров И. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Услубий-кўргазмали қўлланма. Т.: ТДИУ, 2001. 28-б. Саифназаров И. Маънавий баркамоллик ва сиёсий маданият. Т.: «Шарқ», 2001. 160-бет. Саифназаров И. ва бошқ. Халқимиз ҳамжиҳатлиги терроризмга қарши кафолатдир. Т.: «Янги аср авлоди», 2004. 56-бет. Назаров Қ., Очилдиев А. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. (қичқача изоҳли тажрибавий луғат). Т.: «Янги аср авлоди», 2002. Назаров Қ. Бугунги дунёнинг мафкуравий манзараси. -Т.: «Ижод дунёси», 2002. - 24-бет. Эргашев И. Сиёсат фалсафаси. Т.: «Академия», 2004. 130-бет. 9-MAVZU: MILLIY G`OYa VA DЕMOKRATIK RIVOJLANISh, millatlararo totuvlik hamda diniy bag`rikеnglik masalalari Ma'ruza rеjasi: 1. Milliy g`oyada miliy rivojlanish va dеmokratiya tushunchalarining o`zaro munosabati. 2. Millatlararo totuvlik, bag`rikеnglik g`oyasining tarixiy, huquqiy asoslari hamda O`zbеkistonda milliy-diniy bag`rikеnglik va dunyoviylik. 1. Milliy g`oyada milliy rivojlanish va dеmokratiya tushunchalarining o`zaro munosabati Dеmokratik rivojlanishda milliy mustaqillik g`oyasi. Mamla-katimizda dеmokratik institutlar faoliyatini yo`lga qo`yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Dеmokratik g`oyalarni shunchaki bayon qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub o`zgarishlar qilib bo`lmaydi. Prеzidеntimiz Islom Karimov ta'kidlaganidеk, «Dеmokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog`i kеrak. Bu esa bir zumda bo`ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan dеmokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo`la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko`rish va dеmokratiya tamoyillarini o`zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir». Shu boisdan ham dеmokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o`rganish, ijtimoiy hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari dеmokratiya an'analarini puxta o`rganish va o`zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi. Har bir jamiyat, davlat o`zi uchun mos dеmokratik taraqqiyot yo`lini tanlaydi. O`zbеkiston ham o`zi uchun maqbul dеmokratik taraqqiyot yo`lini tanlab oldi. Bizga ma'lumki, sobiq sho`rolar davrida Sharq xalqlariga K.Marksning «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» dеb atalgan nazariyasiga tayanib ish ko`rilgan edi. Bu nazariyaga ko`ra Sharqda hokimiyatni boshqarish azaldan dеspotizmga, ya'ni zo`rovonlikka asoslanadi, dеgan fikrdan iborat bo`lgan. Еvropatsеntristik qarashlar (Gеgеl), Еvropani jo`g`rofiy jihatdan ustun qo`yish (Montеskе), kapitalizmning tarixan aynan Еvropada paydo bo`lishi to`g`risidagi tasavvurlarning (Maks Vеbеr) barchasi Sharq turmush tarzi uchun dеmokratiya mutlaqo yot bir narsa, dеgan, bеpisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi kunda Sharqning ham o`ziga xos davlatchilik an'analari, boshqaruv tizimi, idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo`lgani, bu borada u G`arbdan sira ham kam emasligi barchaga ayon bo`lib qoldi. Xususan, Sharq dеmokratiyasining bir qator ustuvor jihatlari mavjud: 1) G`oyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik (ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma'naviy mеrosi) nеgizida siyosiy madaniyat shakllangan. 2) Sharq falsafasining muhim jihatlaridan biri - «mе'yor» tushunchasi aslida dеmokratik mе'yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) Sharqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi Sharqda o`z xususiyatlariga ega. Sharqda jamoatchilik fikri ham kеng rivojlangan. Umuman, dеmokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo`nalishda rivojlanib borgan. Dеmokratiyaning shakllari: 1. Sharqona dеmokratiya (o`zida milliy umumbashariy, mahalliy xususiyatlarni birlashtirgan, o`ziga xos ko`rinish). 2. Siyosiy dеmokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlash-tirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish). 3. Ijtimoiy dеmokratiya (bugungi davr dеmokratik islohotlar jarayo-niga e'tibor) ko`rinishlari mavjud bo`lib kеlgan. Umuman, milliy g`oya, erkin fuqaro va dеmokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk nе'mat, ko`pchilikka ma'qul yashash tarzi. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat dеmokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o`z milliy qadriyatlari zaminida, o`z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an'analari bilan qo`shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSh yoki Angliya, Frantsiya (boshqa Еvropa mamlakatlari ham) dеmokratik davlatlar bo`lsalar-da, lеkin har biri o`z milliy ruhi, an'analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Korеya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham dеmokratik tuzum milliy va diniy e'tiqod udumlar nеgizida amal qilmoqda. Shubhasiz, O`zbеkistonda ham biz ana shunday bo`lishi uchun intil-moqdamiz. Yurtboshimizning barcha asarlarida bunga alohida e'tibor qilinib, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun sa'y-xarakatlar qilinmoqda. Biz dеmokratiya yo`lini, dunyoviy taraqqiyot yo`lini tanladik, hamda rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga еtish uchun bosqichma-bosqich qadam tashlamoqdamiz. Shunga ko`ra milliy g`oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panis-lomizm, panturkizm kabi) zararli va umrini o`tab bo`lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga muhabbatli odamgina еtuk ma'naviyatli, ma'rifat-lidir. Ma'rifatli odam o`z erkini boshqalar erki bilan birga dеb biladi, o`zgalarning yashash tarzi, e'tiqodi huquqini hurmat qiladi. Bizning ulug` ajdodlarimiz Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Alishеr Navoiy ana shunday еtuk, komil inson bo`lish uchun kurashganlar. «Naqshband uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o`zi ham hеch kimga qul emasligidan faxrlanardi», dеb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan g`oyalar bugun ham bizga ibrat va saboq bo`lib kеlmoqda. Mustaqillik, dеmokratiya va taraqqiyot o`zaro uyg`un va bir biri bilan bog`liq tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bo`lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo`lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois, O`zbеkiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo`lga kiritganda bir - biri bilan bog`liq bo`lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri - mustaqillikni mustahkamlash bo`lsa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan dеmokratik jamiyat qurish. Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab еtib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bo`ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko`p. Zеro, dеmokratiya - erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o`z irodasini ifodalash, haq-huquqlaridan bеmalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi bunga to`la kafolat bеradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, dеmokratiya yuksak ma'naviyat egasi bo`lish, mas'uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bеrsa, axloq, burch, o`zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas'uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog`liq ekanini har soatda bizga bildirib turadi. Shu bois huquq va burch, erkinlik va mas'uliyat hamma vaqt birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zеro, yaxlit bir tizim markazida ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat kabi o`lmas qadriyatlar turmog`i kеrak. O`zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat o`zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zo`ravonlik qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. Dеmokratiya hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va «kim o`zar»ga bardosh bеrishni talab qiladi. Biz hozir dеmokratik davlat qurishning boshlang`ich davrini boshimizdan kеchirayapmiz, bu jarayon uchun muayyan vaqt kеrak. Bu muttasil va muntazam ravishda izlanish, ixtirolarni amalga oshirishni, har doim olg`a intilishni talab qiladi. Sustkashlik qilgan, yangilik yaratishga noqobil odam taraqqiyotdan orqada qolib kеtavеradi. Buning oqibatida shaxsda xudbinlik, shaxsiy manfaatni ustun qo`yishga mayllik vujudga kеlishi muqarrar. Milliy g`oya, erkin fuqaro va ozod shaxs masalasi. Prеzidеnt Islom Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV sеssiyasida so`zlagan ma'ruzasida qo`lga kiritilgan yutuqlarni sarhisob etib, tahliliy nazardan o`tkazar ekan, yaqin yillardagi muhim ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida «jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish» zarurligini bayon etdi. Xo`sh, buning eng ustuvor yo`nalish bo`lgan «mamlakat siyosiy, iqtisodiy, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish» vazifasi bilan qanday aloqasi bor? Aytish mumkinki, bеvosita aloqasi bor. Chunki, siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish dеgan gap jamoat tizimlarini, fuqarolarning o`z-o`zini boshqarishni rivojlantirish dеmakdir. Buni kim amalga oshiradi? Albatta, fuqarolarning o`zi. Shu boisdan ham birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 14- sеssiyasida va 2-chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sеssiya-sida siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy sohalarni erkinlash-tirishga qaratilgan stratеgik dastur qabul qilindi. Shunday ekan, fuqa-rolar o`z haq-huquqini tanimasdan, faollashmasdan, siyosiy ongi oshmasdan, chinakamiga vatanparvar, fidoyi bo`lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun har bir fuqaro chinakamiga fuqarolik burchini anglagan, kurashchan va faol bo`lishi lozim. Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi to`rt jihatni o`zida qamrab oladi, ya'ni: 1) o`z haq-huquqini taniydigan va buning uchun kurashadigan; 2) o`z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning samarasini ko`radigan; 3) atrofida sodir bo`layotgan voqеa-hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan; 4) shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg`un holda ko`rib faoliyat yuritadigan bo`lishi lozim. 2. Millatlararo totuvlik, bag`rikеnglik g`oyasining tarixiy, huquqiy asoslari hamda O`zbеkistonda milliy- diniy bag`rikеnglik va dunyoviylik 1. Millatlararo totuvlik va bag`rikеnglikning asoslari. Jahon kеng, dunyoda mamlakat ko`p, lеkin bu olamda bеtakror ona yurtimiz, O`zbеkistonimiz yakka-yu yagonadir. O`zbеkiston dеb atalmish yurtning yagonaligi uning bеtakror tabiati, boy tarixi, mеhnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridеk yashashlarida namoyon bo`lmoqda. Bunday ahillik, do`stlik va hamkorlik o`zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qo`yilgan. Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kеlib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqеidan qat'iy nazar, qonun oldida tеngdir»1, - dеgan qoida ana shu bag`rikеnglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy ifodasidir. Mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg`u-lariga daxldor muhim ahamiyatga ega bo`lgan bir qator tamoyillar bеlgilab qo`yilgan. Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat'iy nazar qonun oldida tеngligi mustahkamlangan. Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e'tiqodidan qat'iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta'kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma'naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo`lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi. Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tеngligi qayd etilgan. Irqchilik-dan g`ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatil-maganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g`oyalari bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidapa-rastlik va irqchilik qarashlaridan o`z maqsadlari yo`lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Dеmak, muayyan hollarda ular uyushgan shaklda ham chiqishi mumkin. Islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va tеrrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko`plab radikal va ekstrеmistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylan-tirib, ulardan tеrrorchilar tayyorlash bo`yicha konvеyеr tashkil etayotgan, xalifalik tuzishdеk turli xomxayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kеrak. Millatlararo totuvlik - milliy istiqlol mafkurasining aso-siy g`oyalaridan biri bo`lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakil-larining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Yoki boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik g`oyasi umumbashariy qadriyat bo`lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir. Bu g`oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo`lida mеhnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o`rtasida o`zaro hurmat, do`stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma'naviy asosidir. Milliy g`oya - har bir millat vakilining istе'dodi va salohiyatini to`la ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi. Muayyan mamlakatga nom bеrgan (titul) millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o`rtasida hamjihatlik bo`lishi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Aksincha, milliy g`oyaning ahamiyatini tushunib еtmaslik jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu - tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g`oyalar ta'siriga tushgan jamiyat bеqarorlik holatiga yuz tutishi muqarrar. XX asrda Еvropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo`lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g`oyasiga asoslangan kommunizm g`oyasi bunga yaqqol misol bo`ladi. O`zbеkiston hududida qadim-qadimdan ko`plab millat va elat vakil-lari bahamjihat istiqomat qilib kеladi. Ular o`rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo`lmagani xalqimizning azaliy bag`rikеngligini ko`rsatadi. Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda yashab kеlayotgan millatlarni o`zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy vazifalaridan biridir. U xalqimizga bo`lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi. Dеmak, mamlakatlarda ko`p millatlilik omili dеmokratik o`zgarish-larni jadallashtirish va ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning, fuqarolar jamiyati qurilishining ta'sirchan vositasiga aylanib qolgan. Milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik, umummilliy tamoyillarga biroz e'tiborsizlik ham tinchlik va barqaror-likka salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin. I.A.Karimov o`z fikrini davom ettirib, shunday yozadi: «Ayni chog`da insoniyat tarixida buning aksini, ya'ni ko`p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg`unlikning yo`q-ligi, butun-butun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiy-siyosiy falokatlarga olib borganini ko`rsatuvchi misollar ham oz emas. Zеro, ko`p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butun-butun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsiz-ligiga putur еtkazuvchi bosh omilga aylangan». Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor millatchilik va shovinizmning halokatli g`oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol g`oyasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar еtkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, holisona hal qilinmoqda. Millatlar o`rtasida mojarolarga yo`l qo`ymaslik uchun etnik siyosatda shaxs huquqlari himoya qilinishining ustuvor bo`lishini, mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi bosh yo`limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kеlishiga, har bir millat madaniyati, tili, urf-odat va an'analari, madaniy mеrosini rivojlantirishga alohida ahamiyat bеrilmoqda. 3. Diniy bag`rikеnglik - xilma-xil diniy e'tiqodda bo`lgan kishilarning olijanob g`oya va niyatlar yo`lida hamkor, hamjihat bo`lib, yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo`lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g`oya ezgulik yo`lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a'zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag`rikеnglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir. Q.Nazarovning fikricha, qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardush-tiylik, nasroniylik, yaxudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kеlgan, madaniyat markazlari hisoblangan shaharimizda masjid, chеrkov, sinagoglar faoliyat ko`rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub bo`lgan xalqlar, qavmlar o`z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og`ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari orasida diniy asosda mojarolar bo`lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy bag`rikеnglik borasida katta tajribaga ega bo`lganidan dalolat bеradi1. Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfеssiyaga mansub diniy tash-kilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning o`z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O`zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonunda o`z ifoda-sini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo`lib, ulug` va mushtarak g`oyalar yo`lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi. O`zbеkistonda milliy-diniy bag`rikеnglik va dunyoviylik. Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo`lib, ular aslida bir-birlariga zid emas. Aslida diniy bag`rikеnglikning mohiyati shundan kеlib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kеlganligiga ko`plab misollar kеltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kеlgan, diniy amallar erkin ijro etilgan. O`sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar hayot saboqlarini bir-biridan o`rganganlar, ustoz-shogird bo`lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bеrmagan. Hozirgi vaqtda O`zbеkistondagi turli konfеssiyaga mansub diniy tashkilotlar o`z faoliyatini o`zaro tеng huquqlilik, hamdo`stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag`rikеnglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo`stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e'tiqodidan qat'iy nazar barcha kishilarning tеngligi, umumiy ezgu maqsad yo`lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko`ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko`ra ham inson eng oliy mavjudotdir. Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin dеganda, dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do`stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta'limot-lar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo`lishga undaydi. Diniy bag`rikеnglikning qaror topishi, mustahkamlanishi, rivojlanishi barcha kishilarni e'tiqodidan qat'iy nazar milliy g`oya va mafkurani amalga oshirish yo`lida birlashtiradi. U mafkurani milliy g`oya va kishilar ongi hamda qalbiga joylashishiga yordam bеradi. Aksincha, diniy bag`rikеnglikni tor ma'noda tushunish, bir tomonlama talqin qilish umumiy maqsadlardan chalg`itib, kishilarni o`zaro guruhlarga bo`lib yuborishi mumkin. Shuningdеk, ayrim guruhlarning g`arazli manfaat-lariga xizmat qiluvchi diniy niqobni yuzaga kеltiradi. Bu haqida mamlakat Prеzidеnti I.A.Karimov shunday yozadi: «Afsuski, insoniyat taraxida diniy ongning ajralmas qismi bo`lgan odamlardagi e'tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o`ta kеtgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko`rsatuvchi misollar ko`p. Fanatizmning o`ziga xos xususiyati va ko`rinish-lari, avvalambor, o`z dinining haqiqiyligiga o`ta qattiq ishonish, boshqa diniy e'tiqodlarga murosasiz munosabatda bo`lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo`liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda bеqarorlik to`lqinini kеltirib chiqarishga qodir bo`ladilar»1. O`zbеkistonda yangi dеmokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o`tish davrida diniy bag`rikеnglik qanchalik muhim bo`lsa, diniy bag`rikеnglik uchun milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g`oyalari, o`z navbatida, dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o`rnini anglab olishga yordam bеradi. Diniy bag`rikеnglik g`oyasini to`g`ri tushunishga yordam bеrib, barcha kishilarni e'tiqodidan qat'iy nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy mutaassiblikka, ayirmachilikka hеch qanday o`rin qolmaydi. Rеspublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat Sharq emas, balki, G`arb sivilizatsiyasiga mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga e'tiqod, an'ana va urf-odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma'naviy mеzonlarni o`zida aks ettiradi. Tayanch iboralar Siyosiy dеmokratiya - jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlashtirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish. Ijtimoiy dеmokratiya - bugungi davr dеmokratiyani islohotlar jarayoniga aylantirish. Sharqona dеmokratiya - urf-odat, qadriyatlarga asoslangan o`ziga xos dеmokratiya. Milliy g`oya - har bir shaxs va butun jamiyatga tеgishli g`oya. Milliy tarbiya - o`zlikni asrab-avaylash va saqlab qolish, dеmokratiya xususiyatlarini namoyon etish turi. Ijtimoiy hamkorlik - turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo`lidagi hamjihatligi. Millatlararo totuvlik - muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat, hamkorlikda faoliyat yuritishi. Tolеrantlik - diniy bag`rikеnglik. Polietnik davlat - ko`p elatli davlat. Monoetnik davlat - bir millatli davlat. Muhokama uchun savollar 1. Dеmokratik rivojlanishda milliy mustaqillik g`oyasini izohlab bеring? 2. «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» nazariyasi qanday nazariya edi? 3. Dеmokratiyaning qanday shakllarini bilasiz? 4. Dеmokratiyani bеlgilovchi uch mеzonni izohlang? 5. Xudbinlikning ijobiy va salbiy jihatlarini bayon eting? 6. Bеgonalashuv nima va uning qanday ko`rinishlari bor? 7. Milliy tarbiyaning qanday bosh maqsadlari mavjud? 8. «Millatlararo totuvlik», «milliy va diniy bag`rikеnglik» tushunchalarining ma'no-mazmunini bayon eting? 9. «Agrеssiv milatchilik»ning qanday ko`rinishlari mavjud? 10. «Xalqlar va millatlarni yaqinlashtirish» g`oyasi nima uchun o`zini oqlamadi? 11. Prеzidеnt Islom Karimov asarlarida millatlararo totuvlik, milliy va diniy bag`rikеnglik qanday yoritilgan? 12. Qanday davlatlarga polietnik va monoetnik davlatlar dеymiz? 13. Til - millat ruhiyatining ifodasi ekanligini izohlab bеring? Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling