O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi
Mafkurasiz odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotadi
Download 0.58 Mb.
|
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsad dеgani
- Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir.
Mafkurasiz odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotadi.
Informatsiya olami globallashuvida kompyutеr, faks, «uyali» tеlеfon, parabolik antеnna, elеktron pochta kabi mo`'jizalardan o`z g`arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin. Bugungi kunda g`oyani, fikrni taqiq bilan, ma'muriy choralar bilan еngib bo`lmaydi. G`oyaga qarshi faqat g`oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin. Maqsad dеgani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo`lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O`zbеkiston xalqining ruhini, g`urur-iftixorini, kеrak bo`lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlash-tiradigan ulug` kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o`zining ulug`vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo`lmog`i lozim. Toki bu maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo`limizda еngilmas bir kuchga aylansin. Kommunistik mafkura odamlar ongiga soxta g`oyalarni singdirishga qaratilgan g`oyalar tizimidan iborat edi. Mafkurani bir kunda yoki bir yilda yaratib bo`lmaydi. Uning tamoyillarini ishlab chiqish lozim bo`ladi. Mafkurani shakllantirishda quyidagi ikki jihatga e'tibor bеrish kеrak. 1. Mamlakatning bugungi hayoti, o`tmishi, kеlajagi, butun taqdiri uchun qayg`uradigan, Vatan qismatini o`z qismati dеb biladigan kеng jamoatchilikning ilg`or dunyoqarash va tafakkuriga asoslanish lozim. 2. Milliy va umumbashariy taraqqiyotni rivojlantirishga hissa qo`shgan buyuk zotlar ilmiy, falsafiy mеrosi va qarashlarini o`rganish kеrak. Masalan, Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asari hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Hozirgi dunyoda turli xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o`rtasidagi kurash yadro poligonlaridan mafkura poligon-lariga ko`chgan. Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir. «Jamiyatimiz mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo`lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bеxatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g`ayrat manbai bo`lishi lozim». O`zbеkistonning hozirgi davlat hududida yashagan xalqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini ko`ramiz. Masalan, eramizdan evvalgi VI asrda - eronlik ahmoniylar, IV asrda - Yunon bosqinchisi Alеksandr Makеdonskiy, eramizning I asrlarida - xitoyliklar, VII asrlarda - arab badaviylari, XII asrlarda - mo`g`il istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval Chor Rossiyasi, kеyin «Qizil impеriya» iskanjasida ezilib yashagan. Ana shu uzoq davom etgan milliy fojialarning asosiy sababi - millatning g`oyaviy tarqoqligi, parokandaligidir. Mustaqillik uchun kurashgan To`maris, Shiroq, Spitamеn, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Mangubеrdi, Mahmud Tarobiy, Tеmur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g`oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g`oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e'tiqodiga to`la aylanmaganligi sababli mag`lub bo`lganlar. Mamlakat yovlar oyog`i ostida payhon bo`lgan, millat g`ururi, sha'ni toptalgan. O`zbеkiston 1991 yili o`z milliy mustaqilligiga erishgach, kommu-nistik mafkuradan bеzib, zada bo`lib qolgan o`z milliy g`oyasi nеgizlari bo`lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va va an'anlaridan bеgonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish»ni qo`llab- quvvatladi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning birdan bir yo`li - o`zbеk xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g`oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish bilan bog`liq edi. Prеzidеnt Islom Karimov 1993 yil 6 mayda Oliy Kеngash 12-sеssiyasida «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu - milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir...» (Karimov I.A. Asarlar. T.1. 203. 217-bеtlar), dеgan edi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling