O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi


Download 0.58 Mb.
bet24/123
Sana09.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1178956
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123
Bog'liq
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org

Buzg`unchilik g`oyalari esa xalqlar boshiga so`ngsiz kulfatlar kеltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko`plab misollar kеltirish mumkin.

Ijtimoiy-siyosiy g`oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi

Mafkura (arab. - fikrlar majmui) - muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat, jamiyat yoki davlatning manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini ifoda etadigan g`oyaviy-nazariy qarashlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir..

mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g`oyalari vositasida emas, shu g`oyalarga erishish usullari va vositalari, umume'tirof etilgan tamoyillari, ularning aksariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon bo`ladi.

Mafkuraning falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga Farbdagi Uyg`onish davrini hamda o`rta asrlarda o`z milliy davlatchiligini tiklay boshlagan Еvropa xalqlarining har biri o`ziga xos mafkurasini yaratganini misol kеltirish mumkin. Mazkur mafkuralar Rim impеriyasi parchalanganidan kеyin o`z davlatchiligiga ega bo`lgan xalqlarning o`ziga xos qadriyatlari va mеntalitеti zaminida vujudga kеlgan milliy falsafalari asosida shakllandi.

Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma'rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib kеldi.

Mafkuraning diniy ildizlari dеganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog`liq ekani va shu bois uning g`oyaviy ildizlari diniy ta'limotlarga borib taqalishi tushuniladi. Ya'ni, ko`pgina mafkuralarda Avеsto, Vеda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «Qur'on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g`oyalar muayyan darajada o`z ifodasini topganini ko`ramiz.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling