O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi


-MAVZU. JAMIYAT TARAQQIYOTINING G`OYA, MAFKURALAR BILAN O`ZARO BOG`LIQLIGI


Download 0.58 Mb.
bet26/123
Sana09.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1178956
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123
Bog'liq
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org

2-MAVZU. JAMIYAT TARAQQIYOTINING G`OYA, MAFKURALAR BILAN O`ZARO BOG`LIQLIGI

Ma'razu rеjasi:

1.G`oya va mafkura tushunchasi hamda ularning jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liqligi.

2.Inson va jamiyat hayotining muayyan fikr, g`oya, mafkuralar bilan bog`liqligi.

3.Inson va jamiyat hayotida g`oya va mafkuralarning o`rni.

4.Bunyodkor g`oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi ijobiy ta'siri.

5.Vayronkor g`oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta'siri.

6.Fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish zarurligi tamoyili.
1. G`oya va mafkura tushunchasi hamda ularning jamiyat

taraqqiyoti bilan bog`liqligi.
G`oya tushunchasi (yunon. g`oya, ta'limot). Ilmiy adabiyotlarda «g`oya», «mafkura», «idеya» va «idеologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. «Idеya» va «idеologiya» ko`proq g`arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idеya iborasi yunon tilidagi «idea» so`zidan olingan. U idеologiya so`zining o`zagi bo`lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma'nosini anglatadi. Idеologiya (Idea - g`oya, tushuncha, logos - ta'limot) atamasi esa g`oyalar to`g`risidagi ta'limotni anglatadi va ikki xil ma'noda ishlatiladi:
1) g`oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to`g`risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo`lib hisoblanadi;
2) muayyan g`oyani amalga oshirish, maqsadga еtish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.
Dеmak: 1. G`oya inson tafakkurining mahsuli.
2.G`oya oldin mavjud bo`lmagan, o`zida yangilikni tashuvchi fikrdir.
3.Oldin g`oya paydo bo`ladi, undan kеyin g`oya asosida mafkura, mafkura asosida esa
tizim, siyosat paydo bo`ladi.
G`oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi tafakkurda paydo bo`lsa-da, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G`oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga kеltiruvchi, maqsad sari еtaklovchi ruhiy-ma'naviy kuchga aylanadi. Ularni muayyan maqsadga yo`naltiradi, safarbar etadi, jipslashtiradi, hamkorlikka undaydi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling