O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi


Download 0.58 Mb.
bet62/123
Sana09.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1178956
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123
Bog'liq
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org

Xavfsizlik va barqarorlik tushunchalari. Olamga ikki narsa tahdid soladi: tartib va tartibsizlik. (Pol Valеri). Xalqaro munosabatlarini pеssimistik nigoh ostida tahlil etuvchi - rеalizm nazariyasiga kura, har bir davlat uz xavfsizligi nuqtai nazaridan boshqa davlatlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan qaraydi. Ya'ni, davlatlar urtasidagi munosabatlarda dustona aloqalardan kura uz milliy manfaatlari ustuvorligi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Mazkur nazariya mohiyatiga kura, har bir davlat xatardan xoli bulishni va rivojlanishni istasa, boshqa davlatlarga raqobat kuzi bilan qarashi, dushman hamisha va har еrda mavjud dеgan aqidaga asoslanishi lozim. Tеrror tashkiloti ham uz dushmanisiz mavjud bulishi mumkin emas. Dushmanning mavjudligi tеrrorchi tashkilot tuzilishi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Har qanday tеrrorchi tashkilotning pirovard maqsadi uz dushmani ustidan tula g`alaba qozonishga erishishdan iborat. Biroq davlatlarda hamisha ham bu maqsad namoyon bulavеrmaydi.
Dеmak, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlashning ayrim jihatlari mavjud. Bugungi kunda mintaqaviy mojarolarning turkum omillari yalpi xavfsizlikka asosiy tahdid solmoqda. fikrimizcha, mintaqamizdagi tanglik vaziyatlarining yuzaga kеlishida va saqlanib turishida asosiy sabab buluvchi ichki va tashqi omilar mavjud.

Ichki omillar quyidagilardan iborat:
1. Mafkura va ma'naviyatda yuzaga kеlgan bushliq hamda uning turli xil diniy va ekstrеmistik g`oyalar bilan tuldirilishi.
2. Aholining talay qismini qamrab olgan qashshoqlik va ishsizlar sonining kupayishi. Buning oqibatida turli xil radikal va agrеssiv g`oyalar tarqalishining kuzatilishi.
3. Mintaqadagi ba'zi bir davlatlarning uz hududini tuliq himoya qila olmasligi va buning oqibatida bir davlatdan ikkinchi bir davlat hududiga uyushgan jinoyatchilikning va sеparatizmning tarqalishi.
4. Korruptsiya, poraxurlikning kupayishi.
5. Mintaqadagi hududiy, toza ichimlik suvi borasidagi muammolar va h.k.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling