Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida


Download 26.56 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi26.56 Kb.
#1634861
Bog'liq
Буйруқ лойиҳа ва 5-илова 23.06.2021




Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida

Ishlab chiqarish zaruriyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati


va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5047-son qarorining ikkinchi bandi hamda Innovatsion rivojlanish vazirining 2021-yil 17-maydagi 111-sonli buyrugʻiga muvofiq
B U Y U R A M A N:

1. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tashkil etilgani va faoliyatini boshlagani maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:
- Milliy ofisi Bosh direktorining oʻrinbosarlari oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti 1-ilovaga muvofiq;
- “Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Milliy ofisining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
- Milliy ofisi xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Milliy ofisining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz berilishini ko‘rib chiqish Komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
- Milliy ofisning muhr va shtamplariga masʼullarni biriktirish jadvali
4-ilovaga muvofiq
- Milliy ofisning Yigʻmajildlar nomenklaturasi 5-ilovaga muvofiq;
- ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Bosh direktor O. Toʻychiyev
Kiritildi:

Kadrlar boʻyicha mutaxassis F.Xakimova


Kelishildi:

Bosh direktor oʻrinbosari R.Kuchkarbayev


Bosh direktor oʻrinbosari A.Sobirxonov
Bosh hisobchi Sh. Madaminova

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi
Bosh direktorining
2021-yil “____” ____­­­­­______dagi______- sonli
buyrugʻiga 4-ILOVA



Muhr va shtamplar naʼmunalari hamda ularga masʼullar





Muxr va shtamp nomi

Muxr va shtamp namunasi

Masʼullar

Imzo

1

Rekvizit


Sh. Madaminova




2

Xodimlar boʻlimi




F. Xakimova




3

Asliga toʻgʻri




4

Milliy ofis nomi tushurilgan shtamp




5

Shtamp




6

Umumiy boʻlim


U. Eshankulov




7

Devonxona


B. Akbarov




8

Kirish xatlari uchun shtamp


9

Kasaba uyushmasi


A. Odilov
F.Ibragimova




Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling