- Giyoxvandlik ijtimoiy illat, ma'naviy va jismoniy kasalikdan boshqa narsa emas. Biroq, uning shavqatsiz fojea ekanligini teran anglamay, unga chalinib qolayotganlar oz emas. Psioaktiv moddalar (PAM) -alkogol', giyoxvand va taksik moddalarga ruju qo`yish, surunkali ravishda ularga o`rganib qolish qator mamlakatlar aholisi, ayniqsa yoshlar salomatligiga putur yetkazayotgan eng daxshatli muammolardan bo`lib qolmoqda. So`ngi yillarda tibbiy ko`rsatmalardan tashqari narkotik va taksik kayf qildiruvchi turli moddalarni qabul qilish ko`rsatgichlari shiddat bilan o`sib bormoqda. Eng xatarli tomoni shundaki, yoshlar orasida kuchli va og`ir sintetik giyoxvand moddalar kokain va geroin kabilarga extiyoj kuchayib borayotgani kuzatilmoqda, orasid Giyoxvandlik qator tizimli bo`lishlari bilan tavsiflanadi. Eng avvalo modda almashinuvi jarayonida qo`pol o`zgarishlar ro`y beradi. Giyoxvand moddalar inson bosh miyayasiga maxsus ta'sir etib unga o`rganib qilishga olib keladi. Shu bilan birga, ular bosh miyaning muhim ichki a'zolarini chuqur zararlanishiga hamda imunitetning paysayib ketishiga olib keladi. Shaxsning salbiy tomonga o`zgarishi, xarakterning zaiflashishi, xulq-atvor buzilishi, jinoyatga qo`l urish, o`g`rilik sodir etish kabilari giyoxvandlik uchun xos bo`lgan holatlardir.
- Undan tashqari, maktab yoki o`quv yurtidagi umumiy intizomning buzilishi o`quvchi yoki talabalar o`zlashtirishining pasayishi, giyoxvandlikka xos muhit g`oyasining tarqalishi kabilar ham giyoxvandlik illatining yoshlar muhitiga kirib kelganligini anglatadi. Tibbiy tomondan, giyoxvandlik oqibatida gipotitlar, VIChlar, OITSlar jinsiy yo`l bilan yuqadigan kasalliklarning ko`payishi tendensiyasini kuzatish mumkin. Giyoxvand modda qabul qilayotgan bola qanchalik yosh bo`lsa, uning shunchalik tez va og`ir nogironlikka chalinishi, yoki erta o`lib ketish ehtimoli shu qadar ko`p bo`ladi. Shuning o`zi esa davlatning saloxiyatini pasaytiradigan omil hisoblanadi. Giyoxvandlikning maxsus belgisi sog`ayish imkoniyatining mavjud emasligidir. Ushbu kasallik surunkali bo`lib, kutilmagan har qanday vaqtda u qaytalanishi mumkin. Giyoxvandlik "Oq ajal" domiga ko`plab o`smirlarni kirib qolayotganligi qayg`uli xoldir. Barchaga ma'lum bo`lgan giyoxvand moddalardan tashqari so`ngi o`n yil ichida psixotrop narkotiklar qabul qilayotgan giyoxvandlar soni ko`payib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |