"Narkotik "(giyoxvand modda) nima degani? - Umumjaxon sog`liqni saqlash tashkilotining ta'rifiga ko`ra tibbiyotda qo`llanilishidan qat'iy nazar, kayf xissiyotini tug`diradigan va unga ruju qo`yishga olib keladigan xar qanday modda narkotik deb ataladi. "Narkomaniya" atamasi Narkomaniya (yunoncha narxe-karaxtlik va mania-telbalik, jaxl, shod-xurramlik), bangilik, giyoxvandlik-narkotik ta'sirga ega bo`lgan moddalarni surinkasiga iste'mol qilish, unga moyil bo`lib qolish, narkotik modda bo`lmaganda esa bemorda xumor belgilarining paydo bo`lishi, oqibatda og`ir ruxiy, jismoniy, ma'naviy o`zgarishlar, ijtimoiy tushkinlik bilan kuzatiladigan kasallikdir.
- Narkomaniya sotsial muammodir. Sobiq ittifoq davriga qadar Rossiyada, shuningdek, O`rta Osiyoda narkotiklarni turmishda qabul qilish, xususan opium chekish tufayli narkomaniya juda xam keng tarqalgan, katta shaxarlarda esa kokain va narkotiklarning boshqa xillarini qabul qilish keng tus olgan edi.
- Lekin sobiq ittifoq davrida, barcha ma'lumotlar xalq ommasidan yashirilishi tufayli narkomaniyaga barxam berilgandek bo`lgan. Sobiq ittifoq parchalanib ketgach, barcha ma'lumotlar to`qri ko`rsatilishi tufayli birdaniga narkoman va toksikomanlar soni ko`payib ketgandek bo`ldi. Shuningdek XX asrning oxiriga kelib butun jaxon miqyosida xam narkomanlarning soni kundan-kun ortib borayotgan edi va ortib bormoqda. Shuning uchun xam narkomaniya kasalligini xuddi OITS kabi "XXI asr vabosi" deb atasak mubolag`a bo`lmaydi. Kasallanish darajasi Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarini qamrab olib, butun bir epidemiyaga aylanib qolmoqda.
- Bu kasallik tufayli xar yili dunyo bo`yicha millionlab kishilarning yostig`i qurimoqda. Narkomanlarning o`rtacha yashash umrlari statistika ma'lumotlariga ko`ra 35-40 yoshni tashkil etadi.
- Respublikamizda 1995 yilda giyoxvandlarning umumiy soni 6578 kishini 1996 yilda esa 7612 kishini tashkil etdi, ya'ni bir yilda 1000 nafar bemorlar ko`paygan. 2003 yilning birinchi yanvar xolatiga 12082 kishini tashkil etdi. Viloyatimizda 1993 yilda xammasi bo`lib narkomanlar soni 328 kishini tashkil etgan bo`lsa, 1998 yilga kelib 972 kishini, 2003 yilning birinchi yanvar xolatiga esa 1127 kishini tashkil etdi. Giyoxvandlik asosan o`smirlar orasida ko`payib bormoqda.
- Bu ko`rsatkichlar Respublikamizda ham narkomanlarning soni yildan-yilga ortib borayotganligidan dalolat berib turibdi. Shuning uchun ham Respublikamizda xurmatli prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligida narkomaniyaga, narkotik vositalarni oldi-sotti qilishlarga qarshi nafaqat milliy miqyosda, qolaversa xalqaro miqyosda ham faol kurash olib borilmoqda va olib boriladi ham. Respublikamiz rahbariyati tomonidan narkotik vositalar ustidan nazorat qilish bo`yicha xalqaro shartnomalarning barcha moddalari aniq-ravshan bajarib kelinmoqda.
- Respublikamizda yaxshi tashkil etilgan chegara va bojxona xizmati narkotiklarni chet eldan kontrabanda yo`li bilan Respublikamizga olib o`tishga deyarli imkon bermaydi. Lekin xali ham bunday xollar uchrab turibdi. Bu esa Respublikada narkomaniyani ko`payishiga turtki bo`lmoqda.
- Respublikamizdagi qonunchilik aktlarida narkotik moddalarni saqlash, tayyorlash va ishlatish qoidalarini buzish qat'iy jinoiy javobgarlikka tortilishi ko`zda tutilgan. Qonunda narkotik moddalarni qabul qilishga undaganligi uchun ham jinoiy javogarlikka tortilishi ko`zda tutilgan. Ayniqsa balog`atga yetmagan bolalarni shu ishga undash, unga jalb etish og`ir jinoyat xisoblanadi.
- Narkotik dori vositalarini O`zbekison Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan, faqat vrachning aloxida №4-sonli formasi, ya'ni dorinoma asosida davolash maqsadlarida berilgan va berilmoqda. Dorinoma blankalarining seriya nomerlari maxsus xisobga olib boriladi. Davolash-profilaktika muassasalari narkotik dorilarga berilgan dorinomalar soni bo`yicha muntazam ravishda xisobot berib turadilar. Narkotik dori vositalari dorixonalarda va davolash-profilaktika muassasalarida ham mavjud tasdiqlangan qo`llanmalarga asosan maxsus seyflarda saqlanadi. Xozirda narkotik vositalarni ichki ishlar tomonidan butunlay davlat nazoratiga olingan bo`lib, faqat davolash hamda ilmiy tekshirish maqsadlarida foydalanish uchun beriladi.
- Keling, xayotga real qaraylik. Chekka shaxarlarimizda, tumangizdagi deylik 4-6 bemor uchun xech kim alohida shifoxona tashkil etmaydi ( ularning tishini davolash yoki favqulotda vaziyatlar uchun - travma, avariya, ko`richak). Ular ham viruslarini ko`tarib minglab odamlar davolanadigan umumiy shifoxonaga borishadi. Shunday ekan avvalambor hammamiz o`zimizni o`zimiz asray bilishimiz, sanitariya xolatlariga rioya qilishimiz, kerak bo`lganda o`z xavsizligimizni taminlash uchun tibbiy tashkilotlarda bir marotaba qo`llanilishi kerak bo`lgan anjomlardan foydalanimimiz lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |