ОʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BUDJETDAN TASHQARI
PENSIYA JAMGʻARMASI
SIRDARYO VILOYATI
BOSHQARMASI
|
|
OFF-BUDGET PENSION FUND UNDER THE MINISTRY OF ECONOMY AND FINANCE OF THE REPUBLIC
OF UZBEKISTAN
THE SIRDARYA REGION
DEPARTMENT
|
_____________________________________________________________
{date.day}«{date.month}»{date.year} yil. 01-24/30-{number}-son
|
Xovos tumani, Mustaqillik MFYda
yashovchi Elmuratova Fotimaga
|
nusxasi
|
Sirdaryo viloyati Hokimligiga
|
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Sizning Sirdaryo viloyati hokimi shaxsiy qabulida qilgan murojaatingizni o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
Davlat pensiyalari “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga va pensiya ta’minotiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi va to‘lanadi.
“Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 7-25-26a-27a-moddalari bilan ya’ni 27 yil 4 oy mehnat staji bilan pensiya tayinlangan, pensiya tayinlanish jarayonida taqdim qilingan “Olim Begimqul o‘g‘li” fermer xo‘jaligining 2006-2015 yillardagi mavsumiy ish va “Xolto’ra ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligining 2016-2020 yillardagi ish haqlari inobatga olingan, biroq, pensiya miqdoriga oylik ish haqi ta’sir qilmagan holda yoshga doir pensiyasi tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2023-yildagi, PF-45-sonli Farmoniga asosan pensiya miqdori 01.04.2023 yildan 747 000 so‘mni tashkil etadi.
Fermer хo‘jaliklarida ishlagan davrlaringiz uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan sug‘urta badallari va ijtimoiy to‘lovlar o‘tkazilmagan va elektron ma’lumotlar ham mavjud emasligi sababli ushbu davrlarni ish stajiga qo‘shib xisoblashga qonuniy asos mavjud emas.
Bu haqida sizga, Pensiya jamg’armasi xodimlari tomonidan batafsil tushuntirishlar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 48-moddasiga asosan, Pensiya jamg’armasi bo‘limi pensiya tayinlash komissiyasi qaroridan norozi bo‘lsangiz o‘rnatilgan tartibda sudga murojaat etish huquqiga egasiz.
Boshqarma boshlig‘i v.b A.Egamberdiyev
Bajardi: Sh.Eshqulov
120100, Guliston sh., X.Do‘stligi koʻchasi 31,
Tel.: (+998 67) 235-05-24, www.pfru.uz
|
|
31 X.Do‘stligi str, Gulistan city, 120100
Tel.: (+998 67) 235-05-24, www.pfru.uz
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |