O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining makroiqtiosdiy ko’rsatgichlari tahlili. Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni


III. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash


Download 36.31 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi36.31 Kb.
#1507958
1   2
Bog'liq
davlatov mikro

III. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash
Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyotda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 8254,6 milliard so‘mni tashkil qildi va solishtirma narxlarda 4,4 foizga oshdi. O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari hisobidan o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmi 2010 yilning shu davriga qaraganda 3,6 barobar, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 78,2 foiz, hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 76 foiz, tijorat banklari kreditlari hisobidan 80,5 foiz va aholi mablag‘lari hisobidan 37,3 foizga o‘sdi.2011 yilning yanvar-июнь oylarida respublikamizda 558 yangi ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirildi. Shu jumladan, oziq-ovqat sanoatida 195, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida 155, yengil sanoatda 129, yog‘ochni qayta ishlash sanoatida 19, mashinasozlik sanoatida 6, kimyo sanoatida 4 va boshqa obyektlar ishga tushirildi.Shu yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha “Navoiy” erkin industrialiqtisodiy zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan umumiy qiymati 9,6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 6 ta yangi loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlari yakunlandi va texnologik uskunalar yetkazib berish va montaj qilish davom ettirilmoqda.Hisobot davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturi doirasida umumiy uzunligi 7,1 ming kilometrlik xo‘jaliklararo va xo‘jaliklar ichidagi kollektor-drenaj tarmog‘ini tozalash bo‘yicha ta’mirlash-qayta tiklash ishlari bajarildi. Shuningdek, uzunligi 396,1 kilometrlik yopiq gorizontal drenaj tarmog‘ida, 9 melioratsiya nasos stansiyasi, 379 sug‘orish quduqlari va boshqa melioratsiya obyektlarida qayta tiklash ishlari o‘tkazildi. Qishloq xo‘jalik tarmoqlarini texnik va texnologik yangilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davomida 2011 yilning birinchi yarmida 71,6 gektar maydonda 187 ta issiqxona tashkil qilindi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini- texnologiyalar va ixcham uskunalar xarid qilish uchun kichik biznes subyektlari, fermer xo‘jaliklari hamda agrofirmalarga 3,9 milliard so‘mlik kreditlar taqdim etildi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining ehtiyojlarini ta’minlashni yaxshilash uchun lizing asosida TTZ traktorlari va boshqa texnika yetkazib berildi. Bundan tashqari, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 9,9 ming tonna sig‘imga ega 11 ta yangi meva-sabzavot ombori va sovutish kameralari ishga tushirildi.Shu yilning birinchi yarmida 1675,1 ming tonna sabzavot (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 114,4 foiz), 874,8 ming tonna kartoshka (112,3 foiz), 107,8 ming tonna poliz ekinlari (112,4 foiz), 582,3 ming tonna meva (112,2 foiz), 15,7 ming tonna uzum (114,7 foiz) yetishtirildi. 313,7 ming tonna meva-sabzavot eksport qilindi (2010 yilning shu davriga qaraganda 132,9 foiz ko‘p).Hisobot davrida hududiy dasturlar doirasida chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 9,9 ming bosh qoramol parvarish qilish bo‘yicha 313 ta chorvachilik, 2,2 million tovuq parvarish qilish bo‘yicha 549 ta parrandachilik, 2341 gektar sun’iy suv havzasida 514 ta baliqchilik xo‘jaligi tashkil etildi. Tijorat banklari shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga chorva mollar, shu jumladan, nasldor mollar sotib olish uchun qiymati 29,7 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratdi.Natijada qoramollar umumiy soni 9211,4 ming boshga yetdi yoki 2010 yilning shu davriga nisbatan 6,3 foizga ko‘paydi. Joriy yilning birinchi yarmida 727,1 ming tonna go‘sht (2010 yilning shu davriga qaraganda 106,8 foiz), 3007,9 ming tonna sut (107 foiz), 1658,4 million dona tuxum (116 foiz) yetishtirildi.Hisobot davrida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha 85 korxona modernizatsiya qilindi va yangi tashkil etildi. Jumladan, 3 ming tonnadan ziyod go‘shtni qayta ishlaydigan 20 korxona, 12,9 ming tonna sutni qayta ishlaydigan 27 korxona, 9,3 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlaydigan 14 korxona, shuningdek, sut qabul qiladigan 24 servis punktlari tashkil etildi.Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi yarmida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 12,6 foizga oshdi. Xususan, mobil aloqa, internet aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar sonining ko‘payishi va ATSlarni raqamlashtirish darajasining oshishi natijasida aloqa hamda axborotlashtirish xizmatlari 41,2 foizga o‘sdi. Mikro va iste’mol kreditlarini rivojlantirish, to‘lov tizimini takomillashtirish, shuningdek, moliya infratuzilmasi institutlarini rivojlantirishga doir amalga oshirilgan choratadbirlar moliya xizmatlari hajmini 24 foizga ko‘paytirish imkonini berdi. 3 mingdan ortiq chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining foydalanishga topshirilishi savdo hamda ovqatlanish xizmatlarini 18,1 foiz oshirish imkonini berdi. Texnika, avtomobillarni ta’mirlash bo‘yicha servis punktlaridan samarali foydalanish, shuningdek, gaz ballon uskunasini o‘rnatish xizmatlarining kengayishi avtomobillar va boshqa texnikani ta’mirlash xizmatlarini 18,8 foizga oshirishni ta’minladi. 742 maishiy xizmat ko‘rsatish obyektining tashkil etilishi esa maishiy xizmatlar ko‘rsatish hajmini 18,6 foizga ko‘paytirish imkonini berdi.Qishloq joylarda, jumladan, 2063 ta chakana savdo obyekti, 197 ta umumiy ovqatlanish obyekti va 742 ta maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasining ishga tushirilishi tufayli ko‘rsatilayotgan xizmatlar ham jadal rivojlanmoqda.Amalga oshirilgan choratadbirlar natijasida 2011 yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulotda xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 48,3 foizgacha o‘sdi (2010 yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 47,1 foiz edi). IV. Infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal rivojlantirish 2011 yilning birinchi yarmida xalqaro va davlat ahamiyatiga ega umumfoydalanish avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, jumladan, O‘zbekiston milliy avtomagistrali uchastkalarini qurish obyektlarida 156 kilometr avtomobil yo‘liga asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari bajarildi. Shundan A-380 “G‘uzor-NukusQo‘ng‘irot-Beynov” avtomobil yo‘lining 70 kilometri va A-373 “Toshkent-O‘sh” yo‘lining 22 kilometrida ishlar yakunlandi. O‘zbekiston milliy avtomagistrali yoqasi bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servis xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli parametrlarga muvofiq, hisobot davrida yo‘l yoqasida 8 ta infratuzilma va xizmat ko‘rsatish obyekti qurildi va foydalanishga topshirildi.“2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi dastur doirasida hisobot davrida qiymati 104,3 million dollarga teng kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. 33 kilometrlik temir yo‘l qayta qurildi, 127 ta yuk va 5 ta yo‘lovchi tashuvchi vagon tayyorlandi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. “Navoiy” intermodal logistika markazi orqali 24,6 ming tonna, “Angren” logistika markazi orqali 2,6 million tonna yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar ko‘p yuk tashildi.Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2010 yilning shu davriga qaraganda yuk va yo‘lovchi tashish tegishli ravishda 9,2 va 5,4 foizga oshdi.Qishloq joylarda turar joy qurilishini rivojlantirish dasturi doirasida namunaviy loyihalar bo‘yicha umumiy maydoni 326,2 ming kvadrat metr 2260 ta yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi. Turar joy qurilishi uchun resurs bazasini kengaytirish maqsadida shu yilning yanvariyun oylarida turli tom yopish materiallari, shifer, yog‘och-tolali plitalar, noruda va boshqa materiallar ishlab chiqaradigan 126 yangi korxona ishga tushirildi.Bundan tashqari, devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularning sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi yarmida yiliga 88,2 million dona g‘isht ishlab chiqarish quvvatiga ega 23 yangi g‘isht zavodi foydalanishga topshirildi, pishiq g‘isht ishlab chiqaradigan 16 korxona modernizatsiya qilindi.Turar joy qurilishini rivojlantirishga doir qo‘shimcha choratadbirlarning qabul qilinishi natijasida shu yilning birinchi yarmida barcha manbalar hisobidan 4823,9 ming kvadrat metr, shu jumladan, qishloq joylarda 3723 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi. 1335,4 kilometr suv quvurlari, jumladan, qishloq joylarda 1196,7 kilometr suv tarmog‘i ishga tushirildi
Download 36.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling