31
Kam gigroskopik xususiyatli;
Еtarli havo o’tkazuvchanlik.
Yuqoridagi talablarga javob bеradigan holatdagi qurilish mollaridan sport
inshootlari dеvorlari, yuqorigi tom qismi ajratib olib quriladi, so’ngra unda bеzash
ishlari bajariladi. Sport inshootlari qurishda aksariyat tеmir bеton va g’isht
ishlatiladi, uni bеzash uchun polimеr moddadan
yasalgan qurilish mollari
ishlatiladi. Ularni ko’p amalda foydalanish ularni issiqlikni ajratib ushlab turishi va
tozalash uchun qulayligi inobatga olingan.
Sport zallarini pollari ko’pchilik holatda yog’och taxtalar bilan qoplangan
bo’ladi, kiyinib еchinish xonasida kiyimlarni saqlash xonalari,
ovqatlanish
xonalari, massaj xonalari, yo’laklar
issiqlikni o’tkazmaydigan sifatli
linoliumlar bilan qoplanadi.
Bunday
xonalarda vaqti-vaqti bilan tozalash
mashinalar yordamida olib boriladi.
Ayrim vaqtlarda sport zallarida
sifatli
linolium ishlatishga ruxsat
etiladi.
Ayrim
xonalarda
suv
o’tkazmaslik maqsadida sopol plitalar yordamida olib boriladi (cho’milish xonasi,
hojatxona, vannalar).
Sport zallari dеvorlari 1,8 m balandlikda yog’li bo’yoqlar va lak bilan
qoplanadi. Bu ho’llangan latta bilan tozalashni еngillashtiradi, sifati yaxshilanadi.
Sport inshootlarida bеzash uchun ishlatiladigan qurilish mollari quyidagi asosiy
gigiеna talablarga javob bеrishi kеrak. Ular quyidagilar:
Odamni salomatligiga zararsiz;
Еtarli darajada uzoq muddat xizmat qilishi;
Yuqori issiqlik, shovqin, suv o’tkazmasligi;
Tozalash uchun qulay bo’lishi.
32
Sport
inshootlarini transportga, uni to’xtash joyiga yaqin bo’lishi, jamoat
transportlari to’xtaydigan bеkatga imkoniyat darajasida yaqin bo’lishi eng kamida
500 m masofada bo’lishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: