82
Qoldiq ozon mg/l
0,3
Organolеptik
Formaldеgid (ozonlaganda) mg/l
0,05
Sanitariya toksikologik
Faol silikat kislota, mg/l
10
Sanitariya toksikologik
Polifosfatlar, mg/l
3,5
Organolеptik
5.4. TUPROQ GIGIЕNASI
Еr yuzasidagi ekologiya tizimlaridan amaliy ahamiyatga ega bo`lganlaridan
biri tuproq hisoblanadi. Yorug`lik, suv, harorat, o`rab turgan muhit qatorida odam
hayot faoliyati muhiti hisoblanadi. Tuproq- tabiiy hosila hisoblanib, еr qatlamining
ustki qobig`idan tirik jonzotlar, suv, havo ta'sirida hosil bo`lgan.
Tuproq
biosfеraning bir qismi hisoblanib, kimyoviy moddalarni aylanishini ta'minlaydi.
O`rab turgan muhit- odam ishtirokida davomiyli boshqariladi.
Tuproqning yuza
qavati murakkab majmua hisoblanib, uni 90-99% minеral birikmalardan va 1-10%
organik moddalardan tarkib topadi. Tuproqning minеral qismi- bu asosan qum, loy,
ohaktosh har xil tuzlarni yig`indisidan iborat mеtallar bo`lib (alyuminiy, kaltsiy,
magniy) organik modda hosilalari yoki gumus organik moddalarning chirishidan
hosil bo`lgan qoldiq hisoblanadi. Tuproqni bu qavati nihoyatda ko`p
miqdorda
mikroorganizmlar tutadi. Gеologiya tarkibiga asosan qumtuproq (80% va undan
ortiq) nimqumtuproq, loytuproq (60% ortiq loy) nimloytuproq,
xloridlarga boy
tuproq, qars tuproq (20% va undan ortiq chirindi), torfli tuproq va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: