O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Download 458.04 Kb.
bet9/69
Sana08.09.2023
Hajmi458.04 Kb.
#1674473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
Jismoniy sifatlar

Qo`shimcha vositalar
1. Tashqi muhitdan foydalanib bajariladigan mashqlar (yumshoq qumda yugurish, tepalikka yugurib yoki sakrab chiqish, shamolga qarshi yugurish va boshqalar).
2. Qayishqoq buyumlar qarshiligidan foydalanib bajariladigan mashqlar rezina tasmalar, tarang to`plar va x.k)
3. Sherik qarshiligi bilan bajariladigan mashqlar.
Kuch mashqlari kuchni rivojlantirishga doir vazifalarning hususiyatlaridan kelib chiqib tanlanadi. Masalan, suzuvchining mahsus kuch tayyorgarligi uchun gantellarga o`xshash og`irliklardan ko`ra qayishqoq moslamalar bilan bajariladigan mashqlar ko`proq mos keladi. Regbida hujum chizig`i o`yinchilari uchun qarshiliklar bilan bajariladigan mashqlarni qo`llagan maqulroq.
Mushak guruhlarining tanlab ta`sir ko`rsatish darajasiga ko`ra kuch mashqlarini mahalliy yoki loqal (harakat apparati mushaklarning tahminan 1/3 qismini faol ishga jalb qiluvchi), hududiy yoki regional (mushak guruhlarining taxminan 2/3 qismini qamrab oladigan) hamda yalpi yoki umumiy ta`sir ko`rsatuvchi (butun skilet mushaklarini bir vaqtda yoki ketma – ket faol ishga soluvchi) turlarga taqsimlash mumkin.
Kuch mashqlari, agar ularning asosiy vazifasi kuchni tarbiyalashdan iborat bo`lsa, mashg`ulotning butun asosiy qismini band etadi. Boshqa holatlarda kuch mashqlari mashg`ulotining asosiy qismi ohirida, lekin chidamlilik mashqlaridan avval o`tkaziladi. Kuch mashqlari qo`shimcha yo`naltirilgan yoki bajartiruvchi mashqlar bilan yaxshi uyg`unlashadi.
Kuchga yo`naltirilgan mashg`ulotlar haftasiga uch marttalarcha o`tkazilishi kerak. Kuch mashqlarini har kuni faqat mushaklarning kichikroq guruhlariga berish mumkin.
Kuch mashqlaridan faydalanilganda, og`irlikni ko`tarilgan yukning maksimal kattalikka nisbatan foizlarga ifodalangan vazniga qarab yoki har bir yondashuvda ilmiy darajasidagi takrorlar soniga (o`z takrorlar maksimum ­ TM atamasi bilan nomlanadi) qarab o`lchab beriladi.
Dastlabki holatda vazn minimal bo`lishi mumkin (maksimumning 60 foiz qismiga), kiyin kichik (maksimalning 60 – 70 foiz qismiga teng), o`rtacha (maksimumning 70 – 80 foiz qismi oralig`ida), katta (maksimumning 80 dan 90 foiz qismigacha), maksimal (maksimumning 90 foiz qismidan ortiq vaznlar beriladi
(V.M. Zasioriskiy, 1970).
Ikkinchi holatda vazn quyidagicha bo`lishi mumkin:
Chegaraviy – 1 TM
Chegaraviyga yaqin – 2 – 3 TM
Katta – 4 - 7 TM
Mo`tadil katta 8 – 12 TM
Kichik 19 – 25 TM
Juda kichchik – 25 TM dan ko`p


Download 458.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling