O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi byudjet munosabatlarining huquqiy asosi sifatida Reja


Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi


Download 87.25 Kb.
bet4/9
Sana27.01.2023
Hajmi87.25 Kb.
#1133406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Budjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari Reja

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablag‘larini taqsimlovchi yuridik shaxs.
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul mablag‘lari.
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

  • navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

  • birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;

  • Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

  • budjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;

  • Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;

  • davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;

  • Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;

  • o‘tgan moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi.


Download 87.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling