O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligiga bag’ishlab tashkil etilgan “Konstitutsiya-mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori”


Download 208.2 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi208.2 Kb.
#1197519
Bog'liq
Kons.sayohat.bayonnoma


Buxoro shahar XTB ga qarashli 6-tarix faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligiga bag’ishlab tashkil etilgan “Konstitutsiya-mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori”
shiori ostida tashkil etilgan sayohatlar


BAYONNOMASI
2022 yil 8 - dekabr Buxoro shahri


Qatnashdilar sinf rahbarlar hamda 5-11-sinf o`quvchilari,
K U N T A R T I B I:



  1. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligiga bag’ishlab tashkil etilgan “Konstitutsiya-mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori” shiori ostida tashkil etilgan sayohatlar uyushtirish to’g’risida:



E S H I T I L D I

Tadbirni 6-IDUM dirеktori Shoymardonova M.R. ochib berdi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladi va 8 dekabr O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va buning qay darajada ahamiyatli ekanligi haqida atroflicha to’хtalib o’tdi.


Har bir davlatning qonunlari turlicha bo’lib bir-biridan farq qiladi. Shu qatorda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ham o’ziga хos tarzda bo’lib, boshqa davlatlarning konstitutsiyalaridan tubdan farq qiladi. Konstitutsiyamiz demokratik jamiyat barpo etish yo’nalishi asosida ish olib boradi. Uning qonunlari tarkibida ham хuddi shu masala bo’yicha bo’limlar mavjud bo’lib, ular ham demokratiya rivojiga o’z hissasini qo’shadi.
Kun tartibidagi masala bo`yicha MMIBDO’ Bakayeva U. so`zga chiqib, o`z fikr – mulohazalrini bildirdi:
O’zbekiston Рespublikаsining Konstitutsiyasi — mustаqil O’zbekistonning asosiy qonunlar majmui bo’lib, u o’zida fuqarolar va barcha uchun ahamiyatga ega bo’lgan burch va majburiyatlarni o’z ichiga oladi.
Mustaqilikka erishganimizdan so’ng, asosiy qonunlar majmui — Konstitutsiyaga e’tibor yanada kuchaydi. Buni ayniqsa uning tarkibiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, хalqqa qonunlarning qay darajada muhim ekanligini yetkazish va shu kabi islohotlar ko’rsatib turibdi.
Taqqoslab ko’radigan bo’lsak, bizning konstitutsiyamiz yangi tahrirda va qayta o’zgartirish kiritilganidan so’ng yanada mukammallashdi va undagi qo’shimchalar hayotga tadbiq etilishi natijasi o’laroq, o’z samarasini bermoqda.
Asosiy qonunimizni o’rganish, uni yosh-avlodga o’rgatish va joylarda undan qay darajada faol foydalanilayotganligini har kuni guvohi bo’lib turibmiz.

Undan so’ng yuqori sinf o’quvchilari tomonidan bayram tadbiri namoyish etildi. Kontitutsiya to’g’risida she’r va qo’shiqlar ijro etishdi.




Kun tartibidagi masala bo`yicha yig`ilish
Q A R O R Q I L A D I:


1. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligiga bag’ishlab tashkil etilgan “Konstitutsiyani o‘rganamiz”, “Konstitutsiya-mening taqdirimda” mavzusida tashkil etilgan huquqiy-ma’rifiy tadbirlar ijobiy deb topilsin



  1. Tadbir yakuni bo’yicha bajarilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot tizimlarida yoritilsin.



Yig`ilish raisi: M.R.Shoymardonova
Yig`ilish kotibi: U.Yu.Bakayeva

Download 208.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling