Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida
Download 0.99 Mb.
|
konstitutsiya uz (2)
8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritilishi mumkin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ikki oylik muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritsin; davlatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarining bajarilishini, shu jumladan, mamlakatda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari va funksiyalari qayta koʻrib chiqilishini inobatga olgan holda bajarilishini taʼminlashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oylik muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin; har yili navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tayyorlashda davlatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarini bajarish uchun zarur mablagʻlar yoʻnaltirilishini nazarda tutsin. 10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari: bir oylik muddatda ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining matni qayta nashr etilishini va koʻp nusxada bosilishini taʼminlasin; ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha kompleks choralarni ikki oylik muddatda ishlab chiqsin hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlasin; qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini har chorakda koʻrib borsin. 11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi odil sudlovni amalga oshirishda sudlar tomonidan konstitutsiyaviy normalar toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida barcha instansiya sudlari tomonidan ishlarni koʻrib chiqishning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi hujjat sifatida qoʻllash yuzasidan yagona sud amaliyoti toʻgʻrisidagi Oliy sud Plenumi qarorini uch oylik muddatda qabul qilsin. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling