O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari


Download 220.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/38
Sana17.06.2023
Hajmi220.44 Kb.
#1551623
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari
69-modda.


Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat
tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik
jamiyatining asosini tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
70-modda.
O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari,
xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy
uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari
sifatida e’tirof etiladi.
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish
faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.
71-modda.
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, O‘zbekistonning
davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy,
irqiy hamda diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va
erkinliklariga, aholining sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarning, boshqa
nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga ko‘ra siyosiy
partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi.
72-modda.
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini
ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga
aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor
shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
73-modda.
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar
va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir.
74-modda.
Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va
o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok
etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatining moliyalashtirilishi manbalari haqida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan
tartibda oshkora hisobotlar taqdim etadilar.
75-modda.
Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy
tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi.
Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining
erkinligini kafolatlaydi.

Download 220.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling