O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik


Download 220.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/38
Sana17.06.2023
Hajmi220.44 Kb.
#1551623
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik
152-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini
va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
153-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga
ega.
OLTINChI BO‘LIM. KONSTITUTSIYANI O‘ZGARTIRISh TARTIBI
154-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishincha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy
qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Ushbu Konstitutsiya 
1-moddasining 
va ushbu modda 
ikkinchi qismining 
qoidalari qayta ko‘rib
chiqilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek Konstitutsiyaning normalarini
qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutilishi mumkin.
155-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida
Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani
hisobga olgan holda konstitutsiyaviy qonun qabul qilishi mumkin. Agar O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Konstitutsiyani o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina
qayta kiritilishi mumkin.

Download 220.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling