O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


Download 220.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/38
Sana17.06.2023
Hajmi220.44 Kb.
#1551623
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

119-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy
sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman
kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul
qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan
ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
120-modda.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq
deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir.
Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais
boshchilik qiladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq
deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga
ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib
saylanishi mumkin emas.
Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini
tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Yangidan tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari Kengashlariga saylov
xalq deputatlari Kengashlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan davrdan
oshmaydigan muddatga o‘tkaziladi.

Download 220.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling