O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


Download 220.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/38
Sana17.06.2023
Hajmi220.44 Kb.
#1551623
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

148-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari
ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.


Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi
va shakllari qonun bilan belgilanadi.
149-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish
huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir.
150-modda.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir.
So‘m O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov
vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining hududida qonuniy
to‘lov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda
mutlaq huquqqa egadir.
151-modda.
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va
banklardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqadi hamda
amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni
amalga oshiradi, bank va to‘lov tizimlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vazifalarini bajarishda mustaqildir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan
belgilanadi.

Download 220.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling