9.«Yig‘im» tushunchasiga ta’rif bering.
A Budjet tizimiga to‘lanadigan Soliq Kodeksida yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi
B Jismoniy shaxslar tomonidan budjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar tushuniladi
C Yuridik shaxslar tomonidan budjetga undiriladigan to‘lovlar tushuniladi
D Muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi
10. Soliqlarni joriy qilish kimning vakolatiga kiradi?
A Oliy Majlis vakolatiga
B Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga
C Joylardagi boshqaruv organlari vakolatiga
D Vazirlar Mahkamasi vakolatiga
11.Quyidagilardan qaysilari soliq elementlariga kiradi.
A Soliq sub’ekti, soliq o‘bekti, soliq yuki
B To‘g‘ri soliqlar
C Egri soliqlar
D Mahalliy soliqlar
12.Soliqqa tortish sub’ekti kimlar?
A Qonun bilan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni huquqiy jihatdan to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar
B Jismoniy shaxslar
C Yuridik shaxslar
D Fuqarolar
13.Soliq solish ob’yekti bu ...
A Mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi
B Soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan qonunchilik tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yor
C Xo‘jalik faoliyatining natijasi (daromad, foyda)
Do'stlaringiz bilan baham: |