B O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan rezident yuridik shaxslar
C Mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar
D O‘z mulkida, egaligida va foydalanishida mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar
163.Qaysi javobda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish ob’yekti berilgan?
A Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylari, kvartiralari, dala hovli imoratlari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari, qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlar, va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar
B Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish ob’ektlari hamda belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar
C Jismoniy shaxslarning mol-mulkini inventarizatsiya qilish qiymati
D Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati, nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati, tugallanmagan qurilish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qiymati hamda belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalarning o‘rtacha yillik qiymati
164.Qaysi javobda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish bazasi berilgan?
A Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati
B Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish ob’ektlari hamda belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar qiymati
C O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylari, kvartiralari, chorbog‘ va bog‘ uylari, garajlar va boshqa imoratlari, binolar va inshootlari qiymati
D Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati, nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati, tugallanmagan qurilish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qiymati hamda belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalarning o‘rtacha yillik qiymati
Do'stlaringiz bilan baham: |