Fanning san’at ta’limi tizimidagi o‘rni
«Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish» fani gumanitar va
tabiiy-ilmiy fanlardan biri hisoblanib, ishchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan semestrlarda o‘qitiladi.
Dastur asosida ta’lim muassasasida o‘rganilgan bilimlar, o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar san’at
ta’limi ijodkor mutaxassislarining informatsion resurslar va texnologiyalardan unumli
foydalanish malakasini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Axborot resurslari bilan ishlash,
tinglash yoki ijro jarayonida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, kamchilikni aniqlash va ularni
bartaraf etishda fanning yutuqlaridan samarali va o‘z o‘rnida foydalanish imkonini beradi.
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasidagi gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlardan yetarli bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lish shartlarini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |