O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Mazkur fanning maqsadi – talabalarga musiqiy informatika, musiqa muharrirlari va
kompyuter grafikasining eng ommaviylashgan dasturlari to‘g‘risida nazariy bilim va
tushunchalarni berish hamda talabalarda maxsus informatsion texnologiyalardan foydalanish
borasida zaruriy amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanni o‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar – talabalarning musiqiy informatsion
texnologiyalar va kompyuter grafikasi borasida zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishlariga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu fan bo‘yicha talaba – musiqa matnlari bilan
ishlashning hamda kompyuter grafikasining ommaviylashgan dastur vositalaridan unumli
foydalanish ko‘nikmalarini olishi va orttirishi nazarda tutiladi. Bunda musiqiy matn bilan ishlash
uchun mo‘ljallangan maxsus dasturlar, Encore va Sibeliusning texnik imkoniyatlari va mazkur
musiqiy dasturlar bilan ishlash malakasini o‘zlashtirishga, Macromedia Flash grafik muharriri
bilan ishlash malakalarini oshirib, ularning imkoniyatlaridan to‘liqroq foydalanish
ko‘nikmalarini olishga katta e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |