O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


V) Jismoniy tarbiya - pedagogik fan. O‘qituvchi va murabbiyning mahorati


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

V) Jismoniy tarbiya - pedagogik fan. O‘qituvchi va murabbiyning mahorati. 


83 
 
Jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchi va murabbiyi ishi kishining psixik va badan 
tarbiya  tizimi  faoliyatiga  yuklanadigan  ishning  kuchi,  hajmi  va  ta'rifi  e'tibori  bilan 
nihoyatda  sermehnat  ishdir.  O‘qituvchining  aqli,  hissi,  kuzatuvchanligi,  ta'sir 
ko‘rsatish  kuchi,  muomalasi,  o‘zini  tuta  bilish  xislati,  sabr-toqati  o‘sgan  bo‘lishi 
kerak.  O‘qituvchi  nazariy  bilimlarni  chuqur  va  mustahkam  egallashi  kerak,  ya'ni  u 
ta'lim-tarbiya  jarayonining  nazariy  va  amaliy  asoslarini,  o‘qitadigan  fanlar  bilogiya, 
bioximiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena,  ijtimoiy va gumanitar fanlar, pedagogik, 
psixologik,  tibbiyot  fanlarini, madaniyat  va  san'atga  yo‘naltirilgan  fanlarni  egallagan 
bo‘lishi  lozim.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  o‘qituvchi  va  murabbiyi  faqat  nazariy 
bilimlarni  egallash  bilan  chegaralanmasdan,  amaliy  malaka  va  ko‘nikmalarni  ham 
egallashi  zarur.  Uning  vazifasi  pedagogik,  psixologik  va  maxsus  bilimlar  asosida 
o‘quvchi-talabalarni ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantira bilish, dars 
va  mashg‘ulotlar  bera  bilish,  tarbiyaviy  ishlarni  shaxsiy,  guruhli  va  keng  ko‘lamli 
mashg‘ulotlarni  rejalashtira  bilish,  o‘quvchi-talabalarning  jamoa,  xususiy 
faoliyatlarini tashkil eta bilish, ularning jamoa ishlarini tashkil qila bilish, pedagogik 
raxbarlik, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni uyushtira bilish va ularga rahbarlik 
qilish, jamoatchilik o‘rtasidagi ishlarni tashkil qila bilish, sport, turizm,  amaliy ishlar 
va  boshqa  tarbiyaviy  ishlarni  olib  borishdan  iborat.  Bu  malaka  va  ko‘nikmalarni 
hozirgi  talabalar  -  bo‘lajak  jismoniy  tarbiya  va  sport  o‘qituvchi  va  murabbiylari 
muntazam  ravishda  o‘z  ustida  ishlashi,  maxsus  fanlarni,  ilg‘or  o‘qituvchilarning 
tajribalarini o‘rganish yo‘li bilan bilim, malaka va mahoratlarini oshirib boradilar. 
So‘nggi  yillarda  barcha  oliy  o‘quv  yurtlarida  o‘qitvchilar  tayyorlashni 
yaxshilashga  qaratilgan  ko‘pgina  ishlar  amalga  oshirildi.  Bo‘lajak  o‘qituvchilarning 
kasbiy  tayyorgarligini  kuchaytirish,  ixtisosga  doir  fanlarni  chuqur  o‘rganish, 
pedagogik  mahoratni  egallash,  nazariy  bilimlarni  amaliyotda  qo‘llashga  o‘rgatish 
masalalariga  e'tibor  kuchaydi.  Bo‘lajak  o‘qituvchilarga  pedagogika,  psixologiya, 
metodikaga doir fanlarni o‘rgatish ko‘lami yanada kengaydi. 


84 
 
 
 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling