Iogann Pestalotssi
15. O‘rta maxsus, kasb xunar ta'limi muassasalarda ta'lim-tarbiya
jarayonining boshqaruv tizimlari
A) O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini boshqarishning umumiy va
ilmiy asoslari.
B) O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar
ishining mazmuni.
Tayanch so‘zlar: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, akademik litsey, kasb-hunar
kolleji.
A) O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini boshqarishning umumiy
va ilmiy asoslari.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini boshqarish respublika qonunlari belgilaydigan
vakolatlar doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi davlat organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Bunday davlat organlariga quyidagilar kiradi:
Butun O‘zbekiston Respublikasi xududida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi;
Butun O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta'lim xalq ta'lim vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta'lim vazirligi;
Mahalliy davlat hokimiyati organlari (Toshkent shahar va viloyatlar
hokimiyatlari);
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |