O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar): mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar): Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritildi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar): xukumatimiz va butun pedagogik jamoa to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, 29 mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish ishlari olib borildi. Biz, pedagoglar, davlat va jamiyatimizning ijtimoiy buyurtmani bajarish yo‘lida bu murakkab lekin mo‘'tabar ishga, ya'ni mustaqil va tez rivojlanayotgan mamlakatimizning yosh avlodlariga mustahkam va yuqori darajali ta'lim-tarbiya berishga, ularni komil insonlar va kasbiga puxta ega bo‘lishini ta'minlash, o‘zbek halq pedagogikasi, halqimizning urf-odatlari, qadriyatlari va buyuk butunjahon va o‘zbek mutafakkirlarining fikr va g‘oyalari, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, zamonaviy pedagogika fani yutuqlarini to‘liq va chuqur anglab olishimiz darkor. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlari va benihoyat qadrli so‘zlari bizlar uchun kuchli turtki bo‘lmoqda. Islom Karimov xalqimiz o‘zligini anglab, mustaqillik poydevorini tobora mustahkamlab borishda, ma'naviy-axloqiy munosabatlarni yuksaltirishi lozimligi haqida ko‘p bor o‘zlarining qimmatli ma'ruzalarida to‘xtalib o‘tganlar. Shu ishda davlatimizning istiqboli, xalqimizning farovonligi, osoyishta bo‘lishi, - Prezidentimizning fikrlaricha, - yosh avlod, umidli o‘g‘il-qizlarimizga bog‘liq, chunki jamiyatimiz, iqtisodu madaniyatimiz ertangi kuni ularning qo‘lida. Shuning uchun ham Yurtboshimiz: “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat”, “Milliy tiklanish yo‘li yuqori savodxonlik, yuksak madaniyat orqali o‘tadi. Shuning uchun ham ma'lumot darajasi, professional tayyorgarlik darajasi XXI asrda bizning ijtimoiy rivojlanishimizning o‘lchog‘i bo‘lib qolmog‘i kerak” deganlarida avvalambor e'tiborni yoshlarga qaratib farzandlarimiz bizlardan kuchli, aql-zakovatli, or-nomusli va g‘ururli bo‘lishini qayta-qayta ta'kidlab o‘tmoqdalar. Rahbarimiz aytishlaricha, yoshlarimiz xalq rivoyatlarini bilsa, ota-onalarini hurmat-izzatda saqlab tursa, ustoz-shogird o‘gitlarga amal qilsa, fanlarni va butun jahon tajribasini mukammal o‘zlashtirsa, kasblariga puxta ega bo‘lib ulardan o‘zi, oilasi va jamoasiga foyda keltirsa, jamiyatimiz bulardan faqat rozi bo‘ladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling