O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


A) O‘zbek milliy pedagogikasining paydo bo‘lishi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

A) O‘zbek milliy pedagogikasining paydo bo‘lishi  
Yosh  avlodga  ta'lim-tarbiya  berish  mazmun-mohiyati  davrlar  o‘tishi  bilan 
rivojlanishga qarab taraqqiy etib kelganligini nazarda tutmasdan turib,  o‘qitish reja va 
dasturini  tuzib  bo‘lmaydi.  Ta'lim-tarbiya  bu  birinchi  navbatda  hayotiy  tajribani  bir 
avloddan  keyingi  avlodga  taqdim  etishdir.    O‘zbek  xalqining  bu  sohadagi  tajribasi 
juda  boy.  Hozirgi  zamon  pedagogika  fani  ta'lim-tarbiyaga  oid  ota-bobolarimizning 
fikr va g‘oyalarni o‘zlashtirishga, xalq pedagogikasi manbalarni, milliy urf-odatlar va 
qadriyatlarni  o‘rganishga  hamalohida  etibor  bermoqda.  Shuni  ta'kidlash  lozimki, 
o‘zbek  xalqining  nihoyatda  boy  madaniy-ma'naviy  merosi  o‘sib  kelayotgan  yosh 
avlod  ta'lim-tarbiyasida  buzilmas  poydevor  vazifasini  o‘taydi.  Ta'lim-tarbiyani 
o‘rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun hayoti davomida 
u  bilan  shug‘ullanganligiga  ishonch  hosil  qilamiz.  Bu  jarayonda  ajdodlarimiz 
tarbiyaviy  ta'sirining  samarali  usullari  va  manbalarini  qidirib  hayot  davomida  yosh 
avlodga qoldirmoqda. Buning natijasida tarbiya haqidagi g‘oyalar, nazariya va amaliy 
bilimlar  paydo  bo‘la  boshlagan.  Bu  esa  pedagogika  fanining  paydo  bo‘lishiga  olib 
kelgan. 
O‘sib  kelayotgan  yosh  avlodning  ta'lim-tarbiyasi,  uning  qanday  shakllanishi 
jamiyatimiz  taraqqiyotining  muhim  omilidir.  Buning  ijtimoiy  funksiyasi  avloddan 
avlodga  oilaviy,  mexnat,  ijtimoiy  va  siyosiy  tajribani  o‘tkazishi  bilan  yaqqol  ko‘zga 
tashlanadi. Bu tajriba insonning madaniyati, san'at, ilmi, tili, ma'rifat  va odob-axloq 
qoidalari  bilan  ifodalab  beriladi.  Har  bir  davlat  tizimi,  ijtimoiy  munosabatlar, 



 
insoniyat  istiqboli,  uning  hayot  va  turmush  darajasi  san'at  va  madaniy  taraqqiyoti 
bilan bevosita bog‘liqdir.  
Ta'lim-tarbiya  inson  jamiyati  paydo  bo‘lishi  bilan  boshlandi  va  rivojlanib  bordi. 
Ko‘p  asrlar  ilgari  O‘zbekiston  xozirgi  hududida  ibtidoiy  jamoa-urug‘chilik  tuzumi 
davrdagi  bolaning  ta'lim-tarbiyasi  asosan  oilada  (qiz-bolalar  ayollarning,  o‘g‘il-
bolalar voyaga yetishlari bilan erkaklar davrasida), jamoa, mehnat va ov maskanlarida 
bo‘lib  o‘tar  edi.  Yosh  bola  tug‘ulishi  bilanoq  ota-ona  parvarishi  orqali  atrof-muhit, 
odamlar  bilan  munosabat  va  muloqot,  mehnat  bilan  tanishadi.  Turmush  va  mehnat 
faoliyati  boshlanishi  bilan  halol  mehnat  bilan  oziq-ovqat  topishi,  ishlab  chiqarish 
tajribasi  kabi  ko‘nikmalarini  o‘zlashtiradi.  Shu  jarayonda  bolada  aqliy,  ruhiy  va 
jismoniy kamolot, ma'naviyat va madaniyat, odob va axloqiy qarashlar shakllanadi va 
rivojlanadi.  Mehnatda  bola  dehqonchilik,  chorvachilik,  uy,  mehnat  va  ov  uchun 
qurollarni  ishlab  chiqarishlarni    o‘zlashtirib  oladi.    Yoshlarga  o‘rgatilgan  mehnat 
ko‘nikma  va  malakalari  ularni  tabiat  fojialaridan  o‘zini  va  oila  a'zolarini  saqlash, 
yerdan yaxshi hosil olish, chorvachilikni  ko‘paytirish, ovda kuchli, chaqqon va epchil 
bo‘lish, jamoasi bilan birgalikda qiyinchiliklarni yengish, ya'ni yaxshi yashash uchun 
bor  kuchi  va  aqlini  ishga  solish  kerak  bo‘lsa,hayot  davomida  kurashishga  tayyor 
bo‘lish,    aql-idroqli,  qobiliyatli,  xushmuomala  va  odobli  bo‘lib  o‘sishlariga  xizmat 
qilardi. 
O‘zbek  xalqi  hayot  va  mehnat  jarayonida,  borliqdagi  narsalar  va  vaziyat-
xodisalarga  munosabatlari  asosida  o‘z  dunyoqarashi,  qadriyatlari  va  aqidalariga 
tayanib, falsafa va pedagogik fikr va g‘oyalarini xalq og‘zaki ijodidan o‘rgangan. Bu 
fikrlar “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustam-doston”, “Barchinoy”, “Farxod” mifologik 
dostonlarda  ifodalangan.  Xalq  ijodi  bo‘lmish  bu  dostonlar  xalq  pedagogikasidan 
o‘zbek millatining yosh avlodni hayotga tayyorlash va tarbiyalash vosita va usullari 
sifatida  qo‘lanilgan.Shu  jihatdan,  bu  dostonlar  yoshlarni  davr  talablariga  muvofiq 
komil inson bo‘lib yetishishda, ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishda qo‘llanilgan. 
O‘zbek  xalq  pedagogikasi  hali  maktab  va  maqsadli  o‘qitish  bo‘lmagan, 
pedagogika  fan  sifatida  shakllanmagan  davrdayoq  oila  va  atrofdagi  jamiyat  orqali 
yosh  bolalarda  aql-idroq,  odob-axloq,  mehnatsevarlik,  udda-buronlik,  iste'dodlik, 
jismoniy  va  ruhiy  salomatlikka  tayanish,  jangovarlik,  insonparvarlik,  mehr-
murvatlilik,  do‘stlik  xislatlarini  shakllantirish  va  kuchaytirish  usullari  hayotiy 
tajribadan kelib chiqib paydo bo‘ldi va rivojlandi. Odamlar o‘sha paytda ham bilganki 
insoniyat  bu  dunyoda  yashash  uchun  vaxshiylik,  qonho‘rlik,  o‘g‘rilik,  urush  va 
mojaro, odamizotni qiynash bilan mutlaqo maqsadga erishib bo‘lmaydi, balki shuning 
uchun tinchlik, vijdoniylik, insonparvarlik, halol mehnat kerak. Xalq pedagogikasidan 
kelib  chiqqan  milliy  urf-odat  va  an'analarimiz  jamoa  ahlining  o‘z-o‘zini  anglashiga, 
ijtimoiy burchini bajarishiga, har bir aqli  inson shaxs bo‘lishiga  intilgan. Xalqimiz 
hayot  kechirishi,  tinchlikni  saqlash  va  sog‘lom,  kasbga  ega,  mexnatsevar  avlodni 



 
o‘stirishiga  xatti-xarakatlari  yo‘l-yo‘riqlarimizni  bilib  olishlaramizga  asosiy  omil 
bo‘ladi. 
  
    

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling