O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


B) Zardushtiylik ta'limoti. Islom dini ta'limoti


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/148
Sana21.12.2021
Hajmi1.25 Mb.
#182115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

B) Zardushtiylik ta'limoti. Islom dini ta'limoti  
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, ta'lim-tarbiya haqidagi g‘oyalar eramizdan oldingi 
VI  asrda  shakllanganligi  haqida  ma'lumotlar  mavjud.  Keyingi  davrlarda  pedagogik 
g‘oyalarning  shakllanishida  zardushtiylik  ta'limoti,  buyuk  pedagogik  fikrlar  o‘zbek 
xalkimiz  uchun  muqaddas  bo‘lgan  “Avesto”  kitobida  ham    o‘z  ifodasini  topgan  va 
qimmatli  fikrlar  talqin  etilgan.  Islom  dini  kelmasdan  oldingi  davrlarda  O‘rta  Osiyo 
xududida  zardushtiylik  dinining  xalqimizga  nisbatan  ta'siri  kuchli  edi.  Zardushtiylik 
dini  o‘sha  davrdagi  O‘rta  Osiyo  davlatlar  ijtimoiy-siyosiy  tuzumi,  xalq  madaniyati, 
jamiyat urf-odat va qadriyatlari, inson ma'naviyati va ta'lim-tarbiyasi masalalarini aks 
ettirdi,  yosh  avlod  turmush  tarzi  va  fe'l-atvorining  muhim  yo‘nalishlarini  belgiladi. 
Zardushtiylik  otashparvar  dinining  “Avesto”  muqaddas  kitobi  qadimgi  Xorazm 
vohasida paydo bo‘lgan. “Avesto”da “yaxshi” va “yomon” xodisa, vaziyat, xarakat va 
yurish-turishlar  haqida  gap  boradi.  Zardushtiylik  xudo  Axura-Mazda  odamzotni 
poklik, yaxshilik, halol mehnat, osoyishtalikka chaqiradi va shularni qilish uchun har 
bir  xoxlagan  insonga  vaziyat  va  imkon  yaratadi  va  yordam  beradi.  Zardushtiylik 
ikkinchi  xudosi  Axra-Manyu  esa  aksincha  yomonlikka  chaqiradi  va  odalarning 
yaramas  ishlari  va  xarakatlariga  asos  soladi.  Ikki  xudo  va  shular  bilan  yaxshilik  va 
yomonlik,  haqiqat  va  yolg‘on,  hayot  va  mamot,  poklik  va  nopoklik,  halollik  va 
ifloslik,  rahm-shavqat  va  bag‘ritoshlik  orasida  abadul-abad  kurash  umribod  o‘tadi. 
“Zardushtiylik  diniga  sig‘inganlarni  “Avesto”    yer  va  ekinlarni  parvarish  qilish  va 
hosilni  ko‘paytirish,  suv  va  shudgor  joylarni  asrab-avaylash,  uy-joy  qurish,  uyni, 
olovni,  bola-chaqa,  mexnat  qurollari,  uy  hayvonlari,  ,  idish-tovoq  bilan  to‘ldirish, 
atrofni  gul,  o‘simlik  va  meva  daraxtlar  bilan  obodon  qilishga  chaqiradi.  “Avesto” 
faqat  odam  emas,  balki  bir  xovuch    tuproq,  bir  qultum  suv,  bir  nafaslik  havo  ham 
muqaddas  deb  xisoblaydi.  “Avesto”da  ona  yerimizning  daryolaru-bog‘lar,  tog‘laru-
buloqlar, ko‘lu-sahrolar, butun hayvonot va o‘simlik dunyosi xudomizdan odamizotga 
buzish va tor-mor qilish uchun emas, balki ularni saqlash, ezozlash va dunyoni yanada 
go‘zal bunyod qilishga chorlaydi” . 
Har bir inson jamoa ichida o‘zining tutgan ijobiy o‘rni va hayotida tutilgan yo‘li 
bo‘lishi darkor. O‘zining kayfiyati va salomatligi bo‘yicha esa ularni saqlash amaliy 
choralarni ko‘rish, ozodalik va jismoniy tarbiyaga rioya qilish, kiyim, uy va ish joyini 
tozalikda  tutish,  nopok  joylarga  bormaslik  va  nopok  narsalarga  tegmaslik,  buzilgan 
ovqatlarni yemaslikka hamma vaqt xabardor bo‘lishi kerak. Zardushtiylik har narsa, 
vaziyat,  xodisada  odam  o‘zining  bunyodkorlik,  insonparvarlik,  rahm-shavqatlik  va 
xushmuomalaligini  ko‘rsatishiga  chaqiradi.  “Avesto”da  dunyoning  yaratilishi, 



 
insonning  kamol  topishi,  ezgulik  uchun  yovuz  kuchlar  bilan  kurashi,  erkinlik  va 
ijodkorlik yo‘lidagi orzulari o‘z ifodasini topgan. 
“Avesto”  avloddan-avlodga  meros  qoldirgan  ma'naviy  qadriyatlarimizning  nodir 
namunasidir. Unda o‘tgan ajdodlarimizning hayot va mehnat, insonning ahloq-odobi, 
baxt va go‘zallik, hurmat va adolat to‘g‘risidagi falsafiy va pedagogik mushohadalari 
o‘z ifodasini topgan.  

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling