O‘rta maktab pedagogikasi tadqiqotlariga ko‘ra - 11-15 yoshidagi o‘quvchilar
jismoniy tez o‘sadi, ularda asabiylashish, tevarak-atrofdagilarga, jumladan ota-ona va
o‘qituvchilarga tanqidiy qarash, o‘z yoshidan kattaroq ko‘rinishga harakatlanish,
qo‘pollik, uyatchanlik, hulq-atvoriga beqarorlik paydo bo‘ladi. Bu - shu yoshdagi
shaxsning o‘z mavqyeini bilish, erkinlik va mustaqillikka intilishdir. Shunda to‘g‘ri
ta'lim-tarbiya faqat ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Buning mevasi o‘quvchilar fanlarning
qonuniyatlari bayon etiladigan ko‘pgina narsalarni o‘rganadilar. Ularda abstrakt
tafakkur o‘sadi, faol so‘z boyligi ortadi, dunyoqarash rivojlanadi. Ular g‘ayri tabiiy
hodisalar, sarguzashtlar, jumboqli narsalarga qiziqib boshlaydilar, qiziqarli ishlarga
kirishishga urinadilar, kompyuter va internetga beriladilar, kelajak kasbni tanlashni
orzu qiladilar. O‘z ishi uchun javobgarligi, do‘stlari, sinf, maktab muvaffaqiyati
uchun hissa qo‘shishga undaydilar. Bunda o‘qituvchilar tarkibining vazifalari - o‘smir
bolalarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, ma'naviy tuyg‘ularni chuqurlashtirish, fan
asoslarini o‘zlashtirishiga bor kuch va mahorat bilan kirishish, ularga diqqat bilan
qarash, yordam berish, yomon yo‘ldan saqlash, o‘qish va ishlariga do‘stona va
hamkorlikcha qarash, bor qobiliyatlar va talantlarini o‘stirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |