O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Хalq cholg‘ularida ijrichilik” kafedrasi


II BOB “SO‘G‘DIYONA” ORKESTRINING GASTROL SAFARLARI VA


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana01.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1419913
1   2   3   4   5   6
II BOB “SO‘G‘DIYONA” ORKESTRINING GASTROL SAFARLARI VA 
TURLI JAMOALAR BILAN IJODIY HAMKORLIK RISHTALARI 
2.1 “So‘g‘diyona” jamoasi birinchi marta xorijiy safarga chiqishi. 
“Sogdiyona” davlat xalq cholgulari kamer orkestri. Dirijyor F.Abdurahimova.
1995-yili “So‘g‘diyona” jamoasi birinchi marta xorijiy safarga chiqishga 
muyassar bo‘ldi. Bunga 1994-yilning 5-mayida O‘zbekiston va Olmoniya o‘rtasida 
madaniy hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida imzolangan shartnoma asos bo‘ldi. Shu 
munosabat bilan 1995-yilning 4-17 dekabr kunlari Leypsig shahrida olmon, o‘zbek 
va fransuz musiqachilarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv olmon 
fransuz ijodkor yoshlar uyushmasi tashabbusi bilan rejalashtirilgan bo‘lib, 
uchrashuvni tashkillashtirishni Leypsigdagi Yevropa uyi o‘z zimmasiga olgan edi. 
Uchrashuvda Fransiyaning Lion konservatoriyasi qadimiy musiqa ansambli, 
Olmoniyaning “Blyazer kollegium” damli ansambli va O‘zbekistondan 
“So‘g‘diyona” kamer orkestri ishtirok etdi. Ikkinchi uchrashuv 1996-yilning oktyabr 
oyida Toshkent shahrida, uchinchisi esa 1997-yilning iyun oyida Lion shahrida 
o‘tkazilishi rejalashtirildi. 
Ikki xaftalik safar chog‘ida “So‘g‘diyona” jamoasi 6 ta konsert berdi. 
Bu gal 15 nafar sozanda ijrosida 2 ta katta konsert dasturi namoyish etildi. Shuni 


13 
ta’kidlash joizki, XVII asr musiqasi milliy cholg‘ularda yangi tarovat kasb etdi. 
O‘zbek musiqachilari nemis kompozitori I.Baxning 2-kamer syuitasidan “Hazil” va 
“Menuet”- ni rang-barang tembr buyoqlari ichra kutilmagan yangi qirralarini ochgan 
holda ijro etdilar. Yevropa kompozitorlarining asarlarini ijro etishda O‘zbekiston va 
Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muyassar Razzoqova va O‘zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan artist Adbuhalil Abduqodirovlar ham qatnashdilar. Leypsigdagi Yevropa 
uyi ishlari boshqaruvchisi doktor Yoxan Xan mazkur jamoa haqida shunday fikrni 
bildirdi: “Orkestrning ijodiy cho‘qqilarga yuksalishida badiiy rahbar va dirijyor 
Firuza Abdurahimovaning xizmatlari beqiyosdir. Badiiy rahbarning o‘ta 
talabchanligi va intizomga qat’iy rioya qilishi jamoaning hamjihatlikda ishlashga 
undaydi. Jamoaning yosh musiqachilari tinglovchilarga ham madaniy, ham 
ma’naviy zavq baxsh etdilar”
3

1996-yili “So‘g‘diyona” jamoasining ijodiy safarlar kundaligiga zarhal satrlar 
bitildi. Chunki shu yili orkestr Ispaniyada o‘tkazilga xalqaro festivalning laureati 
unvoniga sazovor bo‘ldi Orkestrning avgust oyida Logron’o shahrida o‘tkazilgan 
XXX plektor musiqasi Xalqaro festivalida ishtiroki juda sermazmu bo‘ldi. Bu 
festival butun dunyo bo‘yicha yagona bo‘ltb, o‘ttizinchi bor o‘tkazilishi edi. Bu 
tadbirdan so‘ng butun dunyo musiqachilarida “So‘g‘diyona” jamoasiga nisbatan 
katta qiziqish uyg‘ondi. 
Orkestr jamoasining Germaniya va Ispaniyaga qilgan ijodiy safarlari, mahorat 
va ijroviy imkoniyat bobida muhim sinov maktabini o‘tadi. Jamoaning ijodiy 
salohiyatini yuqori baholagan mutaxassis va musiqa ixlosmandlari orkestr tanlagan 
yo‘li to‘g‘ri ekanligiga ishonch bildirdilar. Ayniqsa, G‘ofur Norboyevning nayda 
ijro etgan I.Baxning “Hazil” kuyini tinglovchilar ko‘tarinki ruhda qabul qilishdi. 
Asarni oddiy shakldagi cholg‘uda, hech qanday moslamasiz mohirona ijro etilishi 
barcha tomoshabinlarni, aniqrog‘i, musiqa ahlini hayratda qoldirdi. 
Ispan tinglovchilarida nay, surnay, qo‘shnay, chang, doyra, nog‘ora kabi 
cholg‘ularning sadolari katta taasurot qoldirdi. Shu tariqa “So‘g‘diyona” orkestri 
3
F.Abdurahimovaning shaxsiy arxividan (Yoxan Xan maktubi).


14 
xalqaro festivalda ishtirok etib, birinchi Sharqiy jamoa sifatida o‘zini dunyoga 
tanitdi, o‘zbek milliy cholg‘ularida ijrochilik san’atini xalqaro miqyosga ko‘tardi va 
keng omma e’tiborini xalqimizning ko‘p asrlik musiqa madaniyatiga jalb etdi. 
Shuningdek, jamoa navbatdagi xalqaro festivalda ishtirok etish uchun taklifnomani 
ham qo‘lga kiritdi. “So‘g‘diyona” jamoasi orqali o‘zbek xalq cholg‘ulari jahon 
miqyosiga ko‘tarildi, ularni dunyo tan oldi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling