I-bob Fransiyada musiqa san’atining rivojlanish tarixi


Download 46.14 Kb.
bet1/6
Sana10.04.2023
Hajmi46.14 Kb.
#1349299
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Jorj Bizening shuhrat sari safari mundarija kirish


I-bob Fransiyada musiqa san’atining rivojlanish tarixi
Fransiyaning musiqa tarixi X asrdan to hozirgi zamonaviy musiqaga qadar. Frantsuz musiqasi atrofida markazlashgan holda, o'rta asrlarda birlashgan uslub sifatida paydo bo'lgan Notr-Dame maktabi bastakorlar. Ushbu guruh motet, o'ziga xos musiqiy kompozitsiya. Troubadours va trouvères tez orada Frantsiyani gastrol safarlarida boshladi, ko'plab original qo'shiqlarni bastaladi va ijro etdi. Uslublari ars nova va ars subtilior XIV asrda paydo bo'lgan, ikkalasiga ham e'tibor qaratilgan dunyoviy qo'shiqlar.
Evropa ko'chib o'tganda Uyg'onish davri, Frantsiya musiqasi rivojlanishda davom etdi. Evropaning qolgan qismida frantsuz musiqasining mashhurligi biroz pasayib ketdi, ammo mashhur shanson va bu davrda eski motet yanada rivojlangan. Frantsiya musiqasining epitsentri ko'chib o'tdi Parij ga Burgundiya, bu quyidagicha Burgundiya maktabi bastakorlar. Davomida Barok davri, musiqa soddalashtirilgan va tufayli cheklangan edi Kalvinist ta'sir. The air de cour keyinchalik frantsuz musiqasining asosiy uslubiga aylandi, chunki u dunyoviy va qirol saroyi tomonidan ma'qullandi.
XVI-XVII asrga kelib Yevropada musiqa san’ati cherkov qaramog’idan chiqib 
doirada, turli janrlarda taraqqiy eta boshladi. Bu taraqqiyot jarayonida opera san’atining yuzaga kelishi muhim qadam bo`ldi. Inson hissiyotlari, turmushda kechayotgan voqea va xodisalarni musiqiy obrazlarda tasvirlashning eng qulay va muvaffaqqiyatli yo`li bu opera san’ati edi. 
Opera san’atiga dastlab Italiyada kompozitor Kloudio Montererdi(1567-1643 yillar) 
musiqali drama sifatida asos soldi. Uning ilk operasi «Koronatsiya Poppey» (1642 y.) Venetsiya opera teatrida qo`yildi va shundan boshlab teatr ham ra teatri deb yuritila boshladi. Demak biz to`la asos bilan Italiyani opera san’atining vatani deya atashimiz mumkin.Fransiyada opera san’atining asoschisi Jan Batist lblli (16321687 y.) bo`lib, u P.Kornelya va J.Rasinlarning trogediyalari asosida o`zining ilk «Lirik trogediya» operasini yaratdi. U o`zining operasida musiqaning dramatik jarayonga naqadar mos tushishiga voqealar rivojini tasvirlash uchun orkestr va aktyorlar ijrochiligidan tashqari xor va raqs san’atidan ham unumli foydalanish yo`llarini izlab topdi. Bizga ma’lumki Fransiyada 1830 yilda burjua revolyutsiyasi sodir bo`ldi. Revolyutsiyadan oldin yozilgan dramatik asarlar, jumladan opera san’ati ham ko`pincha jiddiy tavsifga ega bo`lar edi. Ba’zilar esa ular ichida kamedik operalar ham uchrad turar edi. 
Revolyutsiya arafasida Fransiyaga Yevropaning turli mamlakatlaridan Shopen, 
Glinka, List, Vagner, Glyuk, Korelli, Vivaldi, Pagonini kabi taniqli kompozitor va musiqachilar to`planishgan edi. Ular Fransiyaniig Parij, Leon kabi yirik shaharlarida tez tez konsertlar berar edilar. 
Ular orasida vertuoz musiqachilar juda ko`p edi. Shulardan fortepiano ijrochiligidaListdan, skripka ijrochiligida esa Pagoninidan o`tadigani bo`lmadi. 
Fransiya teatrlari sahnalarida Fransuz va italyan operalari, jumladan Joakkin Rossiya (1 792-1 848), Vinchenso Bellini (1801-1835). Gaetano Donistti (17971848) larning fransuz, kompozitorlari Gektor Berlioz va boshqa ko`plab kompozitorlarning opera, operatta, simfoniya, oratoriya kabi murakkab musiqiy janrlaridagi asarlari qo`yild1848 yil Italiyada sodir bo`lgan milliy ozodlik revolyutsiyasi ham butun Yevropa bo`ylab aks sado berdi. 
O`sha davrlarda yashab ijod etgan barcha kompozitor va shoirlar ijodida buning aks etganligini ko`rish, qo`yilgan barcha saxna asarlarida ham milliy ozodlik ruhi buy ko’rsatganligini ko`rish mumkin. 
ХIХ asr 30-40 yillarida Fransiya opera san’atida yangi yo`nalishlar buyko`rsata 
boshladi. Bular Fransuz romantik operasi «grand opera» teatri sahnasida qo`yilgan Sharl Gunoning «Faust», Jorj Bizeniig «Karmen» operalari. A. Adanniig «Jizel»baleti. Bundan tashqari o`sha davrda Fransiya operalari vatani ham hisoblanar edi. J.Offenbaxning «Go`zal Yelena», «Parij hayoti» kabi opperatalar ushbu san’at to’rining eng yuqori darajasida yaratigan namunalardan edi. 
Хullas, Fransiya o`sha davrlarda kopmpozitor va ijrochi musiqachilarning 
tayanadigan va bellashadigan kurash maydoniga aylanib qolgan va eng yaxshi vaeng a’lo asarlar tanlanadigan joyga aylanib qolgan edi. 
Fransiya milliy musiqasi qadimiy frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87-yillar „Grand opera“ teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan.
17-asrdan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini („Dezertir“, 1769), A.E. M. Gretri („Lyusil“, 1769) kiradi. Komik operalar „Opera komik“ teatri (1715-yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801-yildan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792-yil J. Ruje de Lil tomonidan „Marselyeza“ yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi.
1793-yil Parijda Milliy musika instituti (1795-yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi („Karmen“, 1874). 19-asr 80-yillarida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Fransiyada shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi.
20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). Birinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi („Oltilik“ kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). Ikkinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20-asr fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, „Sxola kantorum“ (1894-yil asos solingan), „Ekol normal de myuzik“ (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, Fransiya Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jurnallari chop etiladi.


    1. Download 46.14 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling