Kurs ishining maqsadi: Mazkur kurs ishi orqali o’quvchilarga yig’ish chizmalarini o’qishda oid metodik ko’rsatmalar o’rgatishda bugungi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali ularda mazkur mavzu haqida bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olish malakalirini shakllantirishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifasi:
- Yig’ish chizmalari haqida umumiy ma’lumot va tushunchalar berish;
-Aksonometrik proyeksiyalar xaqida ma’lumot va tushunchalar berish
- Yig’ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyalar bajarishni o’rgatish;
Kurs ishining amaliyotdagi ahamiyati: Yig’ish chizmalarini amaliy mashg’ulotlarda bajarish o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlanishida katta va alohida ahamiyatga ega. Shu sababli ushbu kurs ishidan mavzuni kengroq o’rganmoqchi bo’lgan maktab o’quvchilari va talabalar hamda o’qituvchilar o’z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining ob’yekti: O’rta umumiy ta’limda chizmachilik fanini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Mavzuni o’rganishning shakl, usul va vositalari.
Kurs ishining hajmi: 29 bet bo’lib, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adbiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Qadimgi miniatura asarlaridagi perspektiv yasashlar zamonaviy aksonometriya qonun-qoidalariga to'g'ri keladi. Bunga dunyo madaniyati tarixida o'ziga xos iz qoldirgan Kamoliddin Behzod (1455—1535)ning miniaturalari misol bo'la oladi.
Umumiy tushuncha. Mashina detallarini yasashda, asosan, ularning ish chizmalaridan foydalaniladi. Lekin bu tasvirlarning asosiy kamchiligi shundaki, detal ko'rinishi turli tekislikda bajariladi. Bunday hoi chizmaning o'qilishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun, amalda detaining ish chizmasi bilan birgalikda uning yaqqol tasviri ham qo'shib beriladi. Detaining yaqqol tasviri, ya'ni aksonometrik proyeksiyasi qo'shib berilgan ish chizmalarini tez va oson o'qish mumkin bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |