O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun


● mahalliy sharoitga moslashtirilgan – madaniy va tarixiy qadriyatlarga, milliy va mintaqaviy an'analar, tabiatga, iqlimga bog‘liq xususiyatlar, hududdagi sanoat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatl


Download 200.55 Kb.
bet6/7
Sana26.01.2023
Hajmi200.55 Kb.
#1126412
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ILK QADAM

● mahalliy sharoitga moslashtirilgan – madaniy va tarixiy qadriyatlarga, milliy va mintaqaviy an'analar, tabiatga, iqlimga bog‘liq xususiyatlar, hududdagi sanoat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga mos bo‘lishi;

● shaxga yo‘naltirilgan – pedagog har bir bolaning o‘z qiziqishiga ko‘ra shug‘ullanishini ta'minlashi kerak (bolalar guruh muhitida osongina harakat qilishadi, qayerda nima joylashganini biladilar, o‘yinchoqlar va barcha resurslardan erkin foydalana oladilar).

7-BOB DAVLAT O‘QUV DASTURI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN TA’LIMIY NATIJALAR

7-BOB DAVLAT O‘QUV DASTURI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN TA’LIMIY NATIJALAR

Davlat o‘quv dasturini o‘zlashtirishdan kutilayotgan ta’limiy natija maktabgacha ta’lim tashkilotini bitiruvchi bolaning tayanch kompetensiyalari (kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy, bilish)ning shakllanganligi hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagog kuzatishlar yordamida har bir bolaning rivojlanishini davlat talablarida qayd qilingan rivojlanish sohalari va kichik sohalar bo‘yicha barcha yosh guruhida bolaning mumkin bo‘lgan yutuqlarining ijtimoiy-me'yoriy yosh xususiyatlarini kuzatib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining individual xususiyatlari maktabgacha yoshdagi bolaning davlat talablariga to‘liq mos keladigan ta’lim yutuqlariga qo‘yiladigan talablarni cheklaydi va ta’lim dasturini o‘zlashtirishda kutilayotgan natijalar shaklida aniqlash zarurligini belgilaydi. Davlat talablariga muvofiq kutilayotgan natijalar:

● to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholanmaydi, ya'ni bolalarning haqiqiy yutuqlarini davlat talablari bilan rasmiy taqqoslashga yo‘l qo‘yilmaydi (bunda bolalarning sinovdan o‘tishlariga yo‘l qo‘yilmaydi);

● pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish, davlat o‘quv dasturini o‘zlashtirish sifatini baholash kabi boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rasmiy asos bo‘la olmaydi;

● bolalardan kutilayotgan natijalar direktor va pedagoglar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim va tarbiya jarayoni va MTT jamoasining kasbiy faoliyatini tahlil qilishga yordam beradi.


Download 200.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling